Alimova Mashhura Toirxonovnaning

doktorlikdissertatsiyasi himoyasihaqidae’lon

 

I. Umumiyma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Hududiy turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari (Samarqand viloyati misolida)», 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 14.07.2016/B2016.3.1718.

Ilmiy maslahatchi: Turaev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi bir martalik Ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurislom Tuxliev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxkamova Mamlakat Abdukadirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyati  turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari ochib berish hamda uni samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida turizm bozorida real va potensial talabni Gauss usuli bilan aniqlash metodikasi ushbu talabga makrohududlar va viza rasmiyatchiligining ta’siri darajasini baholash orqali takomillashtirilgan;

turizmga oid statistik hisobning yordamchi hisoblar tizimini tatbiq etish orqali xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

hududiy turizm bozorining yaxlit tizim sifatidagi rivojlanishi iqtisodiy samaradorligining integral ko‘rsatkichi va uni baholash metodikasi takomillashtirilgan;

turizm sohasi sub’ektlarida boshqaruv tizimi samaradorligini dinamik me’yorlardagi korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash asosida baholash metodikasi takomillashtirilgan;

hududiy turizm bozorining rivojlanish tendensiyalari hamda turizm salohiyatidan yanada to‘laroq va samarali foydalanishga yo‘naltirilgan sohani 2017–2020 yillarga bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz parametrlari asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Samarqand viloyati turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalarini ochib berish hamda uni samarali rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

turizm bozorida real va potensial talabni aniqlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar «O‘zbekturizm» MK faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekturizm» MKning 2016 yil 8 noyabrdagi 02-09/1882-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish milliy turistik mahsulotlarga talabni belgilovchi ko‘rsatkichlar va tahliliy-axborot ma’lumotlar asosidagi samarali turistik strategiyani ishlab chiqish imkonini beradi;

milliy turizmga oid statistik hisobni xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalardan 2017 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2016 yil 15 noyabrdagi 01/3-10-17/2-428-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish turizm sohasidagi davlat statistika kuzatuvlarini xalqaro standartlarga mos ravishda yuritish imkonini beradi;

hududiy turizm bozori rivojlanishi iqtisodiy samaradorligining integral ko‘rsatkichi va uni baholash metodikasi bo‘yicha ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 8 iyundagi 30-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan «Samarqand viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish borasida 2016–2017 yillarga mo‘ljallangan aniq amaliy chora-tadbirlar rejasi» monitoringi amaliyotida foydalanish uchun qabul qilingan («O‘zbekturizm» MKning 2016 yil 8 noyabrdagi 02-09/1883-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish turizm sohasi rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish tadbirlari samaradorligini baholash imkonini beradi;

turizm sohasi sub’ektlarida boshqaruv tizimi samaradorligini baholash metodikasi bo‘yicha ilmiy natijalar Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan turizm sohasi sub’ektlari amaliyotida foydalanilgan («O‘zbekturizm» MKning 2016 yil 8 noyabrdagi 02-09/1883-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish turizm sohasi sub’ektlarining boshqaruv tizimi samaradorligini baholash va faoliyat natijalari bo‘yicha rag‘batlantirish mexanizmini shakllantirish imkoniyatini yaratadi;

hududiy turizm bozorini istiqbolda rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlarini 2017–2020 yillar uchun prognozlashtirish hamda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirida milliy turistik mahsulotlarga talabning o‘zgarish tendensiyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalar «O‘zbekturizm» MK tomonidan hududiy marketing tadbirlari rejasini ishlab chiqishda asos sifatida qabul qilingan («O‘zbekturizm» MKning 2016 yil 8 noyabrdagi 02-09/1884-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar 2017–2020 yillar davomida turizm sohasida rejalashtirilgan marketing chora-tadbirlarining amalga oshirilishi milliy turistik mahsulotlarga bo‘lgan xorijiy iste’molchilar sonining o‘rtacha yillik 6 foizga ko‘payishi imkonini beradi;

turizm tizimiga oid iqtisodiy kategoriyalarning ilmiy-nazariy ta’riflariga oid ilmiy natijalar ITD-2-15 «O‘zbekistonda bolalar, o‘smirlar va yoshlar turizmini kompleks rivojlantirish muammolari» mavzusidagi loyihada (2012–2014) va «Tolkoviy slovar` terminov v detsko-yunosheskom i molodyojnom turizme» nomli izohli lug‘atini ishlab chiqishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 9 iyuldagi FTK-0313/427-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish turizm sohasiga oid ma’muriy-huquqiy bazani bu borada mavjud xalqaro tavsiyalarga mos ravishda takomillashtirish imkonini beradi;

hududiy turizm bozorida virtual turistik ofislarni yaratish orqali hududiy turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va ularning innovatsion turlarini yaratish bo‘yicha ilmiy takliflar «O‘zbekturizm» MKda «Welcome Uzbekistan» portalini va virtual turlarni yaratishda foydalanilgan («O‘zbekturizm» MKning 2016 yil 17 fevraldagi 02/257-son ma’lumotnomasi). Ilmiy takliflardan foydalanish natijasida 2015 yilda turistik tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatilgan xorijiy turistlar sonining 1950 kishiga ko‘payishiga, realizatsiya qilingan turistik xizmatlar hajmining 1880 mln. so‘mga oshish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish