Kalandarova Amina Nurullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yi mintaqasidagi ayollarda servikal intraepitelial neoplaziya patogenezidagi klinik va immunogenetik hususiyatlar», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Tib470.
Ilmiy maslahatchi: Aripova Tamaraxon Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori; Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kolesnikova Natal`ya Vladislavovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yi mintaqasidagi ayollarda servikal intraepitelial neoplaziya patogenezidagi klinik va immunogenetik hususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Orolbo‘yi xududida yashovchi ayollardatservikal intraepitelial rivojlanishiga moyillik MTHFRgenining gomozigot A/A1298 A>C genotipi va A alleliga, kasallikka protektorlik esa geterozigot A/S genotipiga bog‘liq bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor ayollarda CIN II-III rivojlanishiga moyillikIL-17AgeniningG alleli va GG genotipiga, kasallikka rezistentlik esa - A (rs2275913) alleli bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
CIN Iga chalingan ayollarda ikkilamchi immuntanqislik xolatining paydo bo‘lishi immunitet hujayraviy bo‘g‘inida CD3+ va CD4+ limfotsitlar sonining kamayishi,CD16+, CD25+ va CD95+ hujayralar soni ortishi va gumoral bo‘g‘indagi IgM, IL-1β, IL-8, IL-10, IFNγ, TNFα miqdor ko‘rsatkichlarining yuqori daraja bo‘lishi bilan proporsional bog‘liq bo‘lishi aniqlangan;
CIN II ga chalingan ayollarda immun tizim etishmovchiligining yuzaga kelishitizimli immunitetning supressorlik (CD8+) va killerlik (CD16+) faolligi ortishi, immunoglobulinlar (IgA, IgG) va sitokinlar (IL-8, IL-10, IFNγ) miqdorining yuqori darajaga ko‘tarilishi xamda NFA, CD25+, CD95+ limfotsitlar soni, IL-1β va TNFα miqdor ko‘rsatkichlari kamayishi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
CIN III ga chalingan ayollarda chuqur immuntanqislik xolati va uning og‘irlik darajasi immun tizim adaptiv (CD3+, CD4+, CD20+, CD25+,CD95+, CDHLA DR+) va tug‘ma immuniteti (CD16+, NFA, IL-1β, IFNγ, TNFα) ko‘rsatkichlari etishmovchiligi, immunitetning supressorlik faolligi, immunoglobulinlar (G, A, M) va sitokinlar (IL-10, IL-17A) miqdor ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishi bilan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orolbo‘yi mintaqasidagi ayollarda servikal intraepitelial neoplaziya patogenezidagi klinik va immunogenetik hususiyatlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Servikal intraepitelial neoplaziyalarda yallig‘lanishga xos sitokinlar miqdorini aniqlashning diagnostik ahamiyati»uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 29iyuldagi 8n-d/184-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi servikal intraepitelial neoplaziyalardayallig‘lanishga xos sitokinlar miqdorlari o‘zgarishlarini ertaaniqlash,kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
«Servikal intraepitelial neoplaziyalarda immunokorregirlovchi davolashning samaradorligi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 iyuldagi 8n-d/184-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi servikal intraepitelial neoplaziyaliayollardakasallikni davolash chora-tadbirlariga immunokorregirlovchipreparatlarni o‘z vaqtida kiritish orqali davolashsamaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
servikal intraepitelial neoplaziyaning rivojlanishining klinik va immunogenetik hususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalarsog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan,Qoraqalpog‘iston Respublikasixududiy perinatal markazi klinikasi, Nukus shahar 2-sonli oilaviy poliklinikasi, Aholi reproduktiv salomatligi markazi Xorazm filiali va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali amaliyotlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 21 dekabrdagi 8n-z/203-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi ayollarda servikal intraepitelial neoplaziya kasalliginierta tashxislash,kasallik oqibatida bachadon bo‘yni saratonishakllanishini erta aniqlash,kasallik asoratlarini kamaytirishhamda ularni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish bilan tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga imkon yaratgan.