Xikmatullaeva Kamila Saydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mustaqillik davrida O‘zbekistonda zamonaviy shahar muhitini badiiy bezatish san’ati (Toshkent shahri misolida)”, 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/San4.
Ilmiy rahbar: Akilova Kamola Baltabaevna, san’atshunoslik fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020. San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Nazilov Dodo Avazovich, arxitektura fanlari doktori, professor, Abdullaeva Shahlo Kurbanburievna, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mustaqillik davrida O‘zbekistonda zamonaviy shahar muhitini badiiy bezatish uslublari, mazkur soha rivojining asosiy tamoyillarini Toshkent shahri misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy shaharsozlikda milliy me’morchilik an’analari, xalq o‘ymakorlik san’ati, ganchkorlikdan foydalanilishi badiiy bezatishning asosiy usuli ekanligi, tarixiylik va zamonaviylikni amaliy bezak san’ati, haykaltaroshlik namunalari orqali uyg‘unlashtirish asosida shahar estetikasining shakllanishi dalillangan;
shaharning badiiy-estetik qiyofasi, badiiy bezaklar, ramziy belgilar, e’tiborli tarixiy-madaniy yodgorliklar, artefaktlarning badiiy obrazi, etnoturistik maskanlar hamda “sitilar” - Toshkent shahri milliy brendini yaratishga asos bo‘lganligi aniqlangan;
zamonaviy milliy shahar muhiti geografik, iqlimiy, milliy omillar, me’morchilik an’analari, ijtimoiy qonuniyatlarga bo‘ysunadigan texnogen tuzilmalar asosida shakllanib, etnomadaniy mikromuhit sifatida namoyon bo‘layotgani dalillangan;
shahar muhitida badiiy bezatishning an’anaviy vositalari – tasviriy va amaliy san’ati asarlari, zamonaviy uslublari videotasvirlar va installyasiyalar uyg‘unlikda dominant vazifani bajarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mustaqillik davrida O‘zbekistonda zamonaviy shahar muhitini badiiy bezatish san’ati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy shaharsozlikda milliy me’morchilik an’analari, xalq o‘ymakorlik san’ati, ganchkorlikdan foydalanilishi badiiy bezatishning asosiy usuli ekanligi, tarixiylik va zamonaviylikni amaliy bezak san’ati, haykaltaroshlik namunalari orqali uyg‘unlashtirish asosida shahar estetikasining shakllanishi to‘g‘risida olingan tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston davlat san’at muzeyi eksponatlarini hisobga olish fondidagi XIX asr oxiri XX asr boshlariga oid arxitektura loyihalari hamda xomaki plan (reja)lari ilmiy pasporti, kartochkasi, topografik ro‘yxatini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 17 fevraldagi 01-12-03-738-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaharlarni badiiy bezatishning an’analari va uslublari haqidagi materiallar XIX asr oxiri XX asr boshlariga oid arxitektura loyihalari, xomaki plan (reja)larini ilmiy pasporti va kartochkasini yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
shaharning badiiy-estetik qiyofasi, badiiy bezaklar, ramziy belgilar, e’tiborli tarixiy-madaniy yodgorliklar, artefaktlarning badiiy obrazi, etnoturistik maskanlar hamda “sitilar”- Toshkent shahri milliy brendini yaratishga asos bo‘lganligi haqida olingan natijalardan O‘zR FA Tarix institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-11986 “O‘zbekiston shaharlari tarixi: an’analar, urbanizatsiya va transformatsiya jarayonlari (eng qadimgi davrdan hozirgi kungacha)” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 20 avgustdagi 3/1255-1708-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotda natijasida to‘plangan O‘zbekiston zamonaviy shaharlari muhitini badiiy bezatish an’analari va zamonaviy badiiy-estetik tamoyillari haqidagi ma’lumotlar milliy shaharsozlikdagi an’analar va transformatsion jarayonlar xususidagi xulosalarning batafsil yoritilishi imkonini bergan;
zamonaviy milliy shahar muhiti geografik, iqlimiy, milliy omillar, me’morchilik an’analari, ijtimoiy qonuniyatlarga bo‘ysunadigan texnogen tuzilmalar asosida shakllanib, etnomadaniy mikromuhit sifatida namoyon bo‘layotgani to‘g‘risida olingan ilmiy natijalardan O‘zR FA Tarix institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-11986 “O‘zbekiston shaharlari tarixi: an’analar, urbanizatsiya va transformatsiya jarayonlari (eng qadimgi davrdan hozirgi kungacha)” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 20 avgustdagi 3/1255-1708-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy tadqiqot loyihasi ma’lumotlari zamonaviy shaharlarning rivojlanish tarixi an’analari, rivojlanish dinamikasi haqidagi yangi materiallar bilan to‘ldirilgan;
shahar muhitida badiiy bezatishning an’anaviy vositalari – tasviriy va amaliy san’ati asarlari, zamonaviy uslublari videotasvirlar va installyasiyalar uyg‘unlikda dominant vazifasi bajarishi haqidagi tadqiqot natijalaridan Temuriylar tarixi davlat muzeyida tashkil etilgan “Temuriylar davri me’morchiligi va badiiy bezash san’ati” nomli fotoko‘rgazma konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 20 avgustdagi 3/1255-1708-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda shaharsozlikning tarixan shakllangan an’analari va shaharlarni badiiy bezatishda amaliy san’at turlaridan keng foydalanilganligi targ‘ib etilishiga erishilgan.