Xasanov Adxam Amankulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnogen chiqindilardan vol`fram tarkibli mahsulot ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T674.
Ilmiy rahbar: Mutalova Marxamat Akramovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/30.12.2019.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Pirmatov Eshmurat Azimovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ingichka boyitish fabrikasidagi ko‘p yillik chiqindilari va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ IIB texnogen chiqindilaridan vol`framni ajratib olishning maqbul texnologiyasini ilmiy asoslash va yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ingichka boyitish fabrikasining chiqindilari va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ IIB qayta ishlangan chiqindi keklarida fraksiyalar bo‘yicha vol`framning miqdoriy taqsimlanish qonuniyatlari asoslangan;
fraksiya bo‘laklarining o‘lchamlari -0,12 +0,022 mm bo‘lganda Ingichka boyitish fabrikasining chiqindilari va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ IIB qayta ishlangan chiqindi keklarini gravitatsion boyitish uchun cho‘ktirish mashinasini qo‘llash samarador ekanligi asoslangan;
gravitatsion boyitish jarayonlarining maqbul ketmaketligini olib borish va fraksiya yirikligiga bog‘liq xolda cho‘ktirish mashinasi to‘shamalarining optimal qalinligi aniqlangan;
konsentratsion stol va tozalash jarayoni bilan cho‘ktirish mashinasidan iborat gravitatsion boyitishning maqbul apparatlar zanjirli tizimi ishlab chiqilgan;
konsentrat va oraliq mahsulotga vol`framning maksimal darajada ajralib chiqishini ta’minlsh uchun, dastlabki mahsulot yirikligidan boshlab, cho‘ktirish mashinasi to‘shamalarining qalinligi, nazorat cho‘ktirish va tozalashlar soni, shuningdek konsentratsion stolda qayta tozalash jarayonlaridan iborat boyitishning optimal parametrlari ishlab chiqilgan;
Ingichka boyitish fabrikasining ko‘p yillik chiqindilari va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ IIB keklaridan vol`framni gravitatsion boyitish texnologik sxemasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Texnogen chiqindilardan vol`fram tarkibli mahsulotni yaratilgan gravitatsion boyitish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ingichka boyitish fabrikasining texnogen chiqindilari va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ IIB chiqindi keklarini qayta ishlash texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 25 noyabrdagi AI-009172-son ma’lumotnomasi). Natijada, -0,12 +0,022 mm kattalikdagi chiqindilar (chiqindi va keklar) vol`framni minimal yo‘qotishlar bilan boyitib olishning maqbul parametrlarini aniqlash imkonini bergan;
shlamli maydon chiqindi keklarini qayta ishlash bo‘yicha cho‘ktirish mashinasi va konsentratsion stoldan iborat texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 5 oktyabrdagi dalolatnomasi). Natijada, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ IIB chiqindi keklaridan 59,3% ajralib chiqish bilan 55,8% WO3 tarkibli vol`fram konsentratini olish imkonini bergan;
Ingichka boyitish fabrikasi chiqindilaridan vol`fram ajratib olish uchun ishlab chiqilgan gravitatsion boyitish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati » AJning 2020 yil 25 noyabrdagi AI-009172-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ingichka boyitish fabrikasi ko‘p yillik chiqindilaridan 69,75% ajratib olish bilan 27–35% miqdorli oraliq mahsulotni olish imkonini bergan.