Sadikov Rasul Rustamovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuz va qo‘l-oyoq xavfsiz qon-tomir o‘smalarini tashxislash va davolashda yangi yondashuvlar», 14.00.21–Stomatologiya, 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:30.06.2015/B2015.2.Tib631.

Ilmiy maslahatchi: Teshaev Oktyabr` Ruxillaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 14.07.2016.Tib.17.01.

Rasmiy opponentlar: Uve Ekel`t, tibbiyot fanlari doktori, professor (Germaniya); Baxritdinov Fazliddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: N`yu-Djersi tibbiyot universiteti (AQSh).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: xavfsiz qon-tomir o‘smalarini tashxislash va davolashda yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish hamda ularning samaradorligini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

ilk bor xavfsiz qon-tomir o‘smalari rivojlanishining demografik xususiyatlari, shuningdek o‘smalarning tez rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan xavf omillari aniqlangan;

xavfsiz qon-tomir o‘smalarni tashxislash va davolashga mo‘ljallangan LSU, FDUE va UFD original uskunalari ishlab chiqilgan;

yangi fluoressentli tashxislash usuli infantil` gemangiomalarning proliferativ faolligi darajasi aniqlangan hamda kasallik asoratlarini bashoratlash imkoniyati yaratilgan;

gemangioma to‘qimasiga maxsus fotosensibilizator yuborib, kerakli spektral diapazonni nurlantirish orqali samarador davolash usuli yaratilgan;

gemangioma va uning og‘ir shakllarini samarali davolashning yangi usullari yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Bolalarda xavfsiz qon-tomir o‘smalarini davolash va erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

XQTO‘ni davolash va bashoratlashni takomillashtirishga qaratilgan «Gemangiomalarni davolash usuli»ga ixtiro patenti olingan (Intellektual mulk agentligining №IAP 04786; 21.07.2010 y.). Olingan natijalar asosida o‘tkazilgan davolash chora-tadbirlari XQTO‘ bilan kasallangan bemorlarning shifoxonada davolanish soni kamayib, 94% holatda ambulator davo olishga imkon bergan;

gemangiomalarni davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar «Yuz va qo‘l-oyoq xavfsiz qon-tomir o‘smalarini tashxislash va davolashda yangi yondashish» uslubiy qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Uslubiy qo‘llanma asosida xavfsiz qon-tomir o‘smalarni davolash chandiqli asoratlarning 90 foiz kamayishiga imkon bergan.

ishlab chiqilgan kompleks tashxislash va davolash algoritmi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan 1-shahar klinik shifoxonasi, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi, Toshkent shahar onkologik dispanseri, Jizzax viloyati onkologik dispanseri, Buxoro viloyati neonatalogiya markazi, Zangiota tumani oilaviy poliklinikasi faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 18 yanvardagi 8H-g/75-son ma’lumotnomasi). Natijada kompleks davolangan 96% bemorda ijobiy terapevtik samaraga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish