Raximov Farrux Movlidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Liniyalarni unifikatsiyalash asosida qishloq elektr tarmoqlarining energiya samaradorligi va ishonchliligini oshirish”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1642.
Ilmiy rahbar: Taslimov Abduraxim Dexkanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi, DSc.03/30.12.2019.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Yusubaliev Ashirboy, texnika fanlari doktori, professor; Qodirov Dilshod Botirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zenergoinjiniring” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq elektr tarmoqlarining energiya samaradorligi va ishonchliligini liniyalarni unifikatsiyalash asosida oshirish hamda qishloq iste’molchilari elektr ta’minotini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq elektr tarmoqlaridagi kabel liniyalarining o‘zgaruvchan yuklamalarini hisobga olgan holda optimal rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan;
qishloq elektr tarmoqlarida elektr energiya yo‘qotishlarini kamaytirish imkonini beruvchi kabel liniyalari kesim yuzalarining optimal shkalasi aniqlangan;
qishloq joylarda qo‘llaniladigan kabel elektr uzatish liniyalarining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini beruvchi dasturiy hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
qishloq elektr tarmoqlari kabellarining dastlabki kesim yuzasi minimal yuklamalarni, oxirgi kesim yuzasi esa amaldagi maksimal yuklamalarini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq elektr tarmoqlarining energiya samaradorligi va ishonchliligini liniyalarni unifikatsiyalash asosida oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qishloq elektr tarmoqlaridagi kabel liniyalarini dinamik o‘zgaruvchan yuklamalarni hisobga olgan holda optimal rivojlantirish modeli asosidagi tavsiyalar «Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2020 yil 21 oktyabrdagi №03-05-3-5591-son ma’lumotnomasi). Natijada 10/0,38 kVli transformator podstansiyalari shinasidagi 1 kVt yuklama uchun solishtirma elektr energiya isrofi qiymatini 15 kVt·s/yil gacha tejash imkoni yaratilgan;
qishloq elektr tarmoqlaridagi kabel liniyalari kesim yuzalarining optimal shkalasi bo‘yicha asoslangan tavsiyalar «Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda joriy kilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2020 yil 21 oktyabrdagi №03-05-3-5591-son ma’lumotnomasi). Natijada bitta tuman uchun yiliga 427500 kVt∙soat elektr energiya tejalgan va 126 mln. so‘mlik iqtisodiy samara olish imkonini bergan;
qishloq kabel liniyalarining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini hisoblash usuli «Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda joriy kilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2020 yil 21 oktyabrdagi №03-05-3-5591-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq elektr tarmoqlarida havo liniyalari o‘rniga kabel liniyalaridan foydalanish elektr ta’minoti ishonchliligini 1,5 marotaba oshirish imkonini bergan.