Raximova Gulsanam Ashirbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy tarjimada bolalar va o‘smirlar ruhiyatining qayta yaratilishi (fransuzcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-fransuzcha tarjimalar asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.RhD/Fil313.
Ilmiy rahbar: Ermatov Baxodir Sodiqovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Abduraxim Abdimutalipovich, filologiya fanlari doktori va Iriskulov Muxammadabbos Tursunovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va fransuz adabiyotida bolalikning badiiy dunyosi qanday talqin etilishi hamda fransuz adabiyotidan o‘zbek tiliga, o‘zbek adabiyotidan fransuz tiliga tarjima qilingan asarlarda bolalar va o‘smirlar ruhiyatining qayta yaratilishini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy asarlar tarjimasida bolalar va o‘smirlar ruhiyatini qayta yaratish konsepsiyasi ularning yosh kategoriyalarini G‘arb va Sharq kontekstida tarbiyaviy-ma’naviy va pedagogik-psixologik omillarga ko‘ra kategorialashtirish orqali asoslangan;
o‘zbek va fransuz bolalar ertaklarining bevosita va bilvosita tarjimasida soddalashtirish, qisqartirish va milliylashtirish yoxud vaqt va zamon kontekstiga moslashtirib tarjima qilishda adaptatsiya usulining ustuvorligi dalillangan;
fransuz va o‘zbek adiblarining voqelikni badiiy aks ettirish mahoratining bolalar va o‘smirlar tarbiyasi, milliy mentaliteti va ongi shakllanishiga ijobiy ta’siri badiiy obraz va obrazlilik, dunyoqarash va badiiy ijod, badiiy asarni qabul qilish kabi umumestetik muammolar negizida isbotlangan;
bevosita va bilvosita tarjimalarda ma’lum bir tor etnik guruhga xos olam, urf-odatlar, qadriyatlarni saqlash va qayta yaratish – bolalar va o‘smirlar ruhiyati endemiyasi fenomeni muallif-qahramon-tarjimon triadasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Badiiy tarjimada bolalar va o‘smirlar ruhiyatining qayta yaratilishi (fransuzcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-fransuzcha tarjimalar misolida) ga oid ilmiy natijalar asosida:
chet el va o‘zbek bolalar adabiyoti tarjima variantlari va asliyat o‘rtasidagi farq va o‘xshashlik ularning tarjima jarayonidagi mazmuniga ta’siri milliy ruhning adevkat berilishi va ular orqali bolalar ruhiyatini ochib berish tarjimaning kompetent yondashuv usuliga oid materiallaridan YoA-1-06 raqamli «Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga kompetent yondashuv» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 apreldagi 87-03-1428 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi bilan tarjimadagi ma’nosi va ularning bolalar dunyoqarashida qayta aks etishini tahlil qilish orqali aniq baholashga xizmat qilgan;
bolalar adabiyotining o‘zbekcha tarjimasi va asliyat o‘rtasidagi farq va o‘xshashliklarni o‘rganish, asliyat va tarjima mutanosibligini ta’minlash asosida tarjimaga oid tayyorlangan didaktik materiallar va ishlanmalar asosida 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (roman-german filologiyasi)ning talabalari uchun tavsiya etilgan «Les contes de Perraut» (ro‘yxatga olish raqami 603-263) nomli o‘quv qo‘llanmasi joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 03 apreldagi 89-03-1236 raqamli ma’lumotnomasi), hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Badiiy tarjima va xalqaro aloqalar bo‘limida Sh.Perroning «Qizil qalpoqcha» – «Le Petit Chaperon rouge» ertagi A.Akbar va Sh.Minovarovlar tomonidan qilingan tarjimalari «Xalqaro adabiy aloqalar» mavzusi bo‘yicha nazariy ishlanmalar tayyorlashda foydalainilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2019 yil 18 dekabrdagi 01-03-07/1497-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy natijalarning tatbiqi asliyat va tarjima mutanosibligini ta’minlashga imkon bergan;
bolalar va o‘smirlar ruhiyati endemiyasi – ma’lum bir tor doira, etnik guruhgagina xos bo‘lgan olam, urf-odat va qadriyatlarni tarjima qilish qiyinchiliklari va tarjimani tarjimashunoslikning so‘nggi yutuqlari – adaptatsiya yo‘li bilan amalga oshirish usuli, sabablari va omillarimateriallaridan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ilmiy tadqiqotlari nazariy va amaliy asoslarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 20 dekabrdagi 05-22/9207-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan gidlar, ta’lim sohasidagi tarjimashunoslar uchun didaktik materiallar, amaliy va nazariy ishlanmalar ishlab chiqishda qo‘llanilgan.
fransuz va o‘zbek adiblari tomonidan voqelikning bolalarcha tasvirlanishi, dunyoning bolalarcha badiiy tasvirida muallif va qahramon munosabatlari yuqori o‘rinda turishiga oid chog‘ishtirma tahlil materiallaridan 2017 yil Fransiyaning Serji-Pontuaz universitetida «Sarhadlar va harakatlar: Evropa bolalar adabiyoti XXI asrda» mavzusidagi ikki yillik simpozium uchun nazariy va amaliy materiallar ishlab chiqishda hamda badiiy tarjimada bolalar va o‘smirlar ruhiyatining qayta yaratilishiga oid natijalaridan Fransiyaning Versal` akademiyasi Serji-Pontuaz universiteti MMT – Muassasa, Mutatsiya, Ta’lim ilmiy laboratoriyasi ilmiy tadqiqot nazariy asoslarini yaratishda foydalanilgan (Serji-Pontuaz universiteti «Bolalar adabiyoti bo‘yicha magistratura» bo‘limining 2017 yil 9 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada simpozium materiallari ilmiy-nazariy jihatdan boyitilgan;
dissertatsiyaning tarjimada bolalar va o‘smirlar ruhiyatini saqlash va qayta yaratish konsepsiyasiga oid materiallaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanalining «Tilga e’tibor», «Assalom, O‘zbekiston!» ko‘rsatuvlarini tayyorlab efirga uzatilishida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanali Davlat unitar korxonasining 2019 yil 12 dekabrdagi 02-15-2638-son ma’lumotnomasi). Natijada til va tarjima bo‘yicha tayyorlangan ko‘rsatuvlarning badiiy-ommaviy samaradorligi oshishiga erishilgan.