Umurzoqov Jamoliddin Sherbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft`-gaz korxonalari investision faoliyat mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.2.PhD/Iqt1370. 
Ilmiy rahbar: Bakieva Iroda Abdushukurovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neft`-gaz korxonalari investision faoliyat mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiya loyihalarini amalga oshirishning davomiylik nuqtasi siljishi muddatini kamaytirish orqali daromadning ichki darajasi ko‘rsatkichini o‘rtacha ikki foizga oshirish hamda kapital qo‘yilmalar qiymatini qisqartirish imkoniyati asoslangan;
neft`-gaz korxonalari qazib olish va qayta ishlash yo‘nalishlaridagi investisiya loyihalarini korxonaning o‘z kapitali va qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning optimal darajasi, salohiyatli investorlarni tasniflashning loyiha xususiyatiga hamda pul oqimlari hajmining ko‘payishiga ta’siri aniqlangan;
neft`-gaz korxonalarni istiqbolli investisiya loyihalarida aktivlarni transformatsion moliyalashtirish, konsessiyalarni birgalikda ishlatish, suveren moliyalashtirishning tarkibiy qismlaridan foydalanish hisobiga investision sarflar hajmini o‘n uch foizga kamaytirish asoslangan;
neft`-gaz korxonalari investision faoliyatida xususiy sektor moliyaviy mablag‘larini davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish natijasida iqtisod qilingan moliyaviy resurslarni uglevodorod zaxiralari hajmini oshirishga yo‘naltirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
neft`-gaz korxonalari investision faoliyat mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
investisiya loyihalarini amalga oshirishning davomiylik nuqtasi siljishi muddatini kamaytirish orqali daromadning ichki darajasi ko‘rsatkichini oshirish hamda kapital qo‘yilmalar qiymatini qisqartirish bo‘yicha taklifi “O‘zbekneftgaz” AJda investisiya loyihalari tahlilida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 04-16-4650-son, “O‘zbekneftgaz” AJning 2020 yil 10 sentyabrdagi 03/17-5/9-2013-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiya loyihalarida iqtisodiy tejamkorlik o‘rtacha ikki foizga teng bo‘lgan;
neft`-gaz korxonalari qazib olish va qayta ishlash yo‘nalishlaridagi investisiya loyihalarini korxonaning o‘z kapitali va qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning optimal darajasi, salohiyatli investorlarni tasniflashning loyiha xususiyatiga hamda pul oqimlari hajmini ko‘payishiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha taklifi “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibidagi korxonalar investisiya loyihalari tahlilida foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2020 yil 10 sentyabrdagi 03/17-5/9-2013-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020 yil yanvar`-sentyabr` oylarida “O‘zbekneftgaz” AJning investisiya loyihalari bo‘yicha pul oqimlari hajmi bo‘yicha 200 mlrd. so‘mga teng mablag‘lar iqtisod qilingan;
neft`-gaz korxonalarining istiqbolli investisiya loyihalarida aktivlarni transformatsion moliyalashtirish, konsessiyalarni birgalikda ishlatish, suveren moliyalashtirishning tarkibiy qismlaridan foydalanish hisobiga investision sarflar hajmini kamaytirish, qarorlarni qabul qilish sohalarida raqamlashtirilgan boshqaruv usullarini qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 05/16-04-10/41-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida investision qarorlarni qabul qilishda turli xil moliyaviy texnologiyalar qo‘llanilgan hamda investision loyihalarni amalga oshirishda 13 foizga teng bo‘lgan iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
neft`-gaz korxonalari investision faoliyatida xususiy sektor moliyaviy mablag‘larini davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish natijasida iqtisod qilingan moliyaviy resurslarni uglevodorod zaxiralari hajmini oshirishga yo‘naltirish taklifi “O‘zbekneftgaz” AJning investision faoliyati tahlilida foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 10 sentyabrdagi 03/17-5/9-2013-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat-xususiy sheriklik asosida ko‘pikli polipropilen va oltingugurtdan kimyoviy o‘g‘itlar olish investision loyihalarini amalga oshirilishi hisobiga 125 ta yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati yuzaga kelgan, 65 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar iqtisod qilingan, hamda uglevodorod zaxiralarini oshirish ishlariga yo‘naltirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish