Alimova Dono Mirjamolovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qaytalanuvchi aftoz stomatitni tashxislash, davolash va profilaktikasining klinik-patogenetik aspektlari», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Tib341. 
Ilmiy maslahatchi: Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Kopbaeva Mayra Taytoleuovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Antonova Aleksandra Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.I. Evdokimov nomli Moskva davlat tibbiy-stomatologiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qaytalanuvchi aftoz stomatitni klinik diagnostik ma’lumotlari, gerpes virusning og‘irlik darajasi va yalig‘lanish oldi sitokinlar genlarining polimorfizmini xisobga olgan xolda tashxislash, davolash va profilaktik choralarini optimizatsiyalash usullari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
QASning klinik kechish va uchrashish darajasini og‘irlashishi hamda bu patologiyani “yosharish” tendensiyasi aniqlanib, shu sababli kasallikning maksimal darajasi yosh va o‘rta yoshli bemorlar diapazonida uchrashishi isbotlangan; 
QASning yuqori havf guruhiga kiruvchi bemorlarda va ularning ota-onasi hamda ikki va undan ortiq kasallangan aka va opa-singillarida TNFα 308 G-A lokusidagi va IL-1V 3954 S-T lokusdagi genlar polimorfizmining mavjudligi aniqlangan, buning natijasida QASning yuqori nasliy moyillikga ega ekanligi isbotlangan; 
QASni qaytalanishi va kechish og‘irligini markeri sifatida sitogenetik va kariologik buzilishlar, kolonial chidamliligi hamda bukkal epiteliotsitlar yadrosining elektrokinetik harakatchanligi darajasining klinik –diagnostik ahamiyati isbotlangan;
yalig‘lanish oldi sitokinlari genlar polimorfizmi QASning rivojlanish havfi va uning klinik kechish og‘irligi bilan assotsiatsiyasi yallig‘lanish oldi sitokin genlar polimorfizmi TNFα genining lokusi 308 G-A va IL-1V genining  lokusi 3954 S-T bilan kompleks, yallig‘lanish oldi sitokinemiyasida yallig‘lanish oldi sitokinlari polimorfizm genlarini roli isbotlangan; 
QASni rivojlanishida gerpes-virusli infeksiyaning etiopatogenetik roli isbotlangan, uning mavjudligi va og‘irlik darajasi gerpes virus infeksiyasining IgG va IgM sinflarining maxsus antitanachalarini titri diagnostik ahamiyatli bog‘liqlikga ega bo‘lib, bu esa tashxis paytida, davolash samaradlorligini kuzatuvida va qaytalanish holatlarini bashoratida gerpesvirus infektsiyasining turini baholash zarurlik ahamiyatga egaligi isbotlangan; 
QASning rivojlanishini turli davrlarida yallig‘lanishning o‘tkir fazasidagi oqsillar darajasi va sitokin muvozanatini baholashning klinik-tashxisiy ahamiyati aniqlangan bo‘lib, buning natijasida yallig‘lanish oldi sitokinlarining ustunligi bilan sitokin muvozanatini buzilishini ahamiyatli o‘sishi va S-reaktiv oqsil hamda fibrinogen konsentratsiyasining ortishi, shuningdek serruloplazmin ko‘rsatkichining pasayishini QASning patogenezida axamiyatga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qaytalanuvchi aftoz stomatitni tashxislash, davolash va profilaktikasining klinik-patogenetik aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Kasallikni qaytalanishini rivojlanish havfini bashorat qilish asosida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati aftoz stomatitini zo‘rayishini oldini olish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 21 dekabridagi 8n-r/194-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi QAS bilan kasallangan bemorlarni nazorat qilish samaradorligini oshirishga, o‘z vaqtida yanada samarali davolash sxemasini tayinlashga, amalga oshirilgan davolashning samaradorligini oqilona baholashga va erishilgan remissiyaning barqarorligini taxmin qilishga va shu sababli har bir bemor uchun terapevtik va profilaktika choralari sxemasini samarali ishlab chiqish imkonini bergan;
«Qaytalanuvchi aftoz stomatitni majmuaviy davolashda Ulkaril dori vositasini qo‘llashni klinik samaradorligi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 noyabridagi  8n-r/479-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi QASning residiv sonini 2-3 martadan ko‘proq qisqaritrishga, residiv og‘irligini esa 3,60 baravarga kamaytirish imkonini bergan;
«Surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatitli bemorlarni majmuaviy davolashda Gronprinosin immunomodulyatorining samaradorligi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 noyabridagi  8n-r/480-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi tizimli va mahalliy yallig‘lanish ko‘rsatkichlari darajasini sezilarli darajada pasaytirishi imkoniyatini yaratgan, bu klinik kechishiga, aft elementlarning epitelizatsiyasi vaqtiga va QAS qaytalanish chastotasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkonini bergan;
QASni tashxislash, davolash va oldini olish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy natijalarning olingan ma’lumotlari sog‘liqni saqlash, shuningdek TDSI klinikasining terapevtik stamatologiya bo‘limi amaliyotiga, GUP “1-stomatologiya poliklinikasi”, Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi, Toshkent shahridagi stomatologiya poliklikasining klinik amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 11 dekabridagi 8n-r/52-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi QASni qaytalanishini oldini olish va davolashni shaxsiylashtirish algoritmini ishlab chiqish hamda davolash samaradorligini sezilarli oshirish, davolash mudatini pasaytirish, davolash muddati va qaytalanish sonini qisqartirish, remissiya davomiyligini uzaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish