Pardaev Olim Mamayunusovichning

doktorlikdissertatsiyasihimoyasihaqidae’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahsulotlarni saqlash va sotish xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /LA № 0001447/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.11.2016 / B2016.4.I67.

Ilmiy maslahatchi: Tuychiev Alisher Juraevich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Xushmatov Norqul Sadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Osami Arakava, Hirosaki universiteti, professor (Yaponiya).

Yetakchi tashkilot: «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahsulotlarni saqlash va sotish xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash va sotish xizmatlari samaradorligini baholashning individual va integral ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan hamda samaradorlikni baholashning mavjud metodikasi kopmleks ko‘rsatkich orqali baholash asosida takomillashtirilgan;

meva-sabzavot mahsulotlari sifatini saqlash, saqlash jarayonini ratsional tashkil qilish va sarf-xarajatlarni optimallashtirish kabilarni e’tiborga olgan holda mahsulotlarni mavsumiy saqlashda tabiiy yo‘qotish normativlari (olma – 2,71%, kartoshka – 5,0%, piyoz – 12,2%) asoslangan;

meva-sabzavot mahsulotlarini chakana savdo korxonalarida sotish xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

meva-sabzavot mahsulotlarini maxsus sovitkichlarda saqlash korxonalariga ulgurji savdo qilish uchun olinadigan lisenziyani bekor qilish asoslangan va buning evaziga sub’ektlarning aylanma mablag‘larini ko‘paytirish yo‘llari asoslangan;

meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning hajmi va eksporti hamda foyda darajasi kabi parametrlarni dinamik oshirib borish asosida mahsulotlarni saqlash hajmini 2016–2019 yillar moboynida rivojlantirishni prognozlashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Mahsulotlarni saqlash va sotish xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash va sotish xizmatlarini ko‘rsatuvchi aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jimiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash me’zonlari to‘g‘risidagi nizom»ning 2a, 2b, 3a va 3b-ilovalarida foydalanilgan (Moliya vazirligining 2016 yil 25 avgustdagi MM17-01-35/430-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif etilgan ko‘rsatkichlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash va sotish xizmatlari bo‘yicha faoliyat samaradorligini baholash va hisoblash metodikasini takomillashtirish imkonini bergan;

meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va sotish samaradorligini oshirish hamda muzlatkichdan olingan mahsulotni chakana savdo korxonalarida saqlashning maksimal muddat va yaroqsiz holga kelishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarga oid iqtisodiy tadbirlar yuzasidan olingan natijalar uslubiy ko‘rsatma sifatida «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi buyrug‘i (30.08.2016 y.; №85) bilan amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 16 iyuldagi OR/11-1742-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning normativ hujjat darajasida joriy qilinishi mahsulotni sifatli saqlash, iste’molchilar huquqini himoya qilish va tegishli samaradorlikni ta’minlash imkonini bergan;

mahsulotlarni (olma, kartoshka, piyoz) saqlashda tabiiy yo‘qotishlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyrug‘i (24.08.2016 y.; №28) bilan tasdiqlangan «Ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va ularni saqlash, transportda tashish va sotishda tabiiy yo‘qotish normativlari» 1-ilovasining 1-, 2-, 5- va 9-bandlarida foydalanilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 7 sentyabrdagi 02/22-1149-son ma’lumotnomasi) hamda «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati buyrug‘i (30.08.2016 y.; №85) bilan «O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va sotish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar»da foydalanilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 7 sentyabrdagi OR/11-1742-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar soha korxonalari faoliyatini me’yoriy tartibga solish, meva-sabzavot mahsulotlarini tabiiy yo‘qotish normativlarining takomillashuvi, saqlash jarayonlarini ratsional tashkil qilish hisobiga mulkdorni rag‘batlantirish hamda fermerlar va sovitkich korxonalari foydasining oshish imkonini beradi;

meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash prognoz hajmini aniqlash yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar bo‘yicha «O‘zbekoziqovqatxolding» xoldning kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining mahsulotlarni saqlash hajmini 2017–2019 yillarga mo‘ljallangan davrda rivojlantirishning prognoz rejasi ishlab chiqilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 7 sentyabrdagi OR/11-1742-son ma’lumotnomasi). Takliflardan foydalanish mahsulotlarni  saqlash hajmi, eksporti va foydani oshirish imkonini beradi;

meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirish va saqlab sotish xizmatlari klasteri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 9 noyabrda tasdiqlangan «Surxandaryo viloyatida dehqon xo‘jaliklarining imkoniyatlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 382-sonli qarorining 2-bandida o‘z aksini topgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 25 noyabrdagi 03/15-502-son ma’lumotnomasi). Meva-sabzavot mahsulotlari, poliz mahsulotlari va uzum bilan ulgurji savdo qilish faoliyatini agrofirmalarga ularning ustav fondi miqdoridan qat’i nazar amalga oshirish huquqi berilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 9 noyabrda tasdiqlangan yuqorida nomi keltirilgan 382-son qarorining 4-bandida o‘z aksini topgan («O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining 2016 yil 25 noyabrdagi OR/11-2530-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish soha korxonalari aylanma mablag‘larini ko‘paytirib, saqlab sotish xizmatlari samaradorligini oshirish imkonini beradi;

mahsulotlarni saqlash va sotish xizmatlari samaradorligini oshirish va bu jarayonda xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar IX respublika innovatsion g‘oya, ishlanma va loyihalar yarmarkasida («O‘zekspomarkaz», 2016 yil 11–13 may) 8 ta xo‘jalik sub’ekti faoliyatiga joriy qilingan va mazkur xo‘jalik sub’ektlari bilan shartnomalar imzolangan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 25 avgustda tasdiqlagan shartnomalari). Shartnomalar  mahsulotlarni saqlash va sotish xizmatlari samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish