Kobilova Zeboxon Bakirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Badiiy adabiyotda ta’sir va izdoshlik (Amiriy she’riyati misolida)», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Fil228
Ilmiy maslahatchi: Haqqulov Ibrohim Chorievich filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor, Jo‘raev Habibullo Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: adabiy ta’sir va ijodiy izdoshlikning mumtoz va zamonaviy adabiyotshunoslik mezonlarini Amiriy ijodi hamda u ta’sirlangan va ta’sir ko‘rsatgan shoirlar misolida ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiy va tarixiy qo‘lyozma manbalar asosida Amiriyning ilmiy biografiyasi tiklangan, shoir lirik merosining mukammal nashri amalga oshirilib, 460 g‘azal, 57 muxammas, 6 musaddas, 2 musamman, 16 tuyuq, 7 ruboiy ilmiy muomalaga kirilgan holda mumtoz she’riyatdagi mazkur janrlar rang-barangligiga qo‘shgan hissasi asoslangan;
XVIII asr oxiri – XIX asr boshlari Qo‘qon adabiy muhitida o‘zbek, fors-tojik, ozarbayjon, uyg‘ur mumtoz shoirlari tomonidan joriy etilgan an’analarning ijodiy o‘zlashtirilishi va rivojlantirilishi takomili Amiriy she’riyati misolida ilmiy isbotlangan;
zullisonayn shoirning o‘zbek va tojik tillaridagi g‘azal va muxammaslari tahlil etilib, adabiy an’ana, o‘zaro ta’sir, izdoshlik va o‘ziga xoslik masalalari asosida Amiriyning qofiya, radif va badiiy san’atlarning qo‘llashida uslubiy o‘ziga xosliklari, ulardan foydalanishda badiiylik mezonlari oydinlashtirilgan, badiiy mahorati dalillangan;
Sharq so‘z san’atida tatabbu ijodiy musobaqa ekanligi, tatabbu g‘azallarning o‘ziga xosligi va badiiy barkamolligi Amiriyning salaflari g‘azallariga, o‘z navbatida zamondoshlari va xalaflarining Amiriy g‘azallariga tatabbularining tahlili orqali ochib berilgan;
Amiriy she’riyatining obrazlar tizimi, vazn xususiyatlari, badiiy san’atlarini tadqiq etish orqali XVIII asr oxiri – XIX asr boshlari Qo‘qon adabiy muhitidagi badiiy-estetik tafakkurning o‘zbek va fors-tojik adabiyotlaridagi adabiy izdoshlik, tatabbu, taxmis, nazira an’analarining taraqqiyotiga ta’siri aniqlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy ijodda ta’sir va izdoshlik masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sharq so‘z san’atida tatabbu ijodiy musobaqa ekanligi, tatabbu g‘azallarning o‘ziga xosligi va badiiy barkamolligi Amiriyning salaflari g‘azallariga, o‘z navbatida zamondoshlari va xalaflarining Amiriy g‘azallariga tatabbularining tahlili oid ilmiy-nazariy xulosalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan (2012-2014) ITD – 1 – 098 raqamli “Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda Alisher Navoiy adabiy-pedagogik qarashlarining o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 oktyabrdagi 89-03-3850 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada tatabbu va muxammasning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni oydinlashuviga erishilgan;
zullisonayn shoirning o‘zbek va tojik tillaridagi g‘azal va muxammaslari tahlil etilib, adabiy an’ana, o‘zaro ta’sir, izdoshlik va o‘ziga xoslik masalalari asosida Amiriyning qofiya, radif va badiiy san’atlarning qo‘llashida uslubiy o‘ziga xosliklari borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan (2012 – 2016) FA – F1-GO39 raqamli “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” fundamental loyihada foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2020 yil 27 noyabrdagi №3/1255-2663 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, Amiriyning ulug‘ shoir g‘azallariga bog‘lagan tatabbu’laridagi shakl va mazmun uyg‘unligi; Navoiy va Amiriy ijodi misolida adabiy an’ana, o‘zaro ta’sir va ijodiy izdoshlik xususidagi ilmiy xulosalarni belgilashga erishilgan va Navoiy hamda Amiriy she’riyati milliy ma’naviyatimiz, qadriyatlarimizni boyitishda muhim adabiy hodisa bo‘lib, uni chuqur o‘rganish mumtoz adabiyot tarixi va adabiyotshunosligining ko‘plab dolzarb muammolarini echishga xizmat qilgan;
Amiriy she’riyatining obrazlar tizimi, vazn xususiyatlari, badiiy san’atlarini tadqiq etish orqali XVIII asr oxiri – XIX asr boshlari Qo‘qon adabiy muhitidagi badiiy-estetik tafakkurning o‘zbek va fors-tojik adabiyoti taraqqiyotiga ta’siri oid ilmiy ma’lumotlardan O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan (2017-2020) OT-F1-77 raqamli “O‘zbek adabiyoti durdonalari» 100 jildligini nashrga tayyorlash» fundamental loyihada foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2020 yil 27 noyabrdagi №3/1255-2663 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek adabiyoti durdonalari yana bir iste’dodli shoir ijodi bilan boyigan;
dissertatsiya natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston” teleradiokanali “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “G‘azal bo‘stoni” nomli eshittirishlari (2019-2020 yillar) ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanalining 2020 yil 16 noyabrdagi 04-25- 1084 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshgan;
dissertatsiya natijalari asosida “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan dissertant tomonidan yozilgan ssenariy bo‘yicha “Qo‘qon shamoli” tarixiy-badiiy fil`mi suratga olingan. (“O‘zbekkino” milliy agentligining 2020 yil 24 avgustdagi 31-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xalqimizga hali noma’lum bo‘lgan Qo‘qon xonligi sahifalari, Qo‘qon adabiy muhitining vujudga kelishi, Umarxon Amiriyning hukmdor va ijodkor sifatidagi qirralari ochib berilgan;
XVIII asr oxiri – XIX asr boshlari Qo‘qon adabiy muhitida o‘zbek, fors-tojik, ozarbayjon, uyg‘ur mumtoz shoirlari tomonidan joriy etilgan an’analarning ijodiy o‘zlashtirilishi va rivojlantirilishi takomili Amiriy she’riyati namoyon bo‘lishiga oid xulosalaridan Turkiya Jumhuriyati Karabuk universiteti Adabiyot fakul`teti Turk tili va adabiyoti bo‘limining “Tasavvuf adabiyoti” (TED227), “Turkiston Milliy uyg‘onish adabiyoti” (TED734), “O‘zbek adabiyoti” (TED323) darslarida foydalanilgan. (Karabuk universiteti Adabiyot fakul`teti Turk tili va adabiyoti bo‘limining 2020 yil 16 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning Amiriyning Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Muhammad Fuzuliy, Mirzo Bedil kabi Sharq mumtoz so‘z san’atining zabardast namoyandalaridan ta’sirlanishi orqali ijodiy takomilga erishuvi va Alisher Navoiy va turkiy adabiyot masalasi bo‘yicha bilimlari, tasavvurlari kengaygan.