Gulmurodov Risqiboy Abdievichning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonning markaziy va janubiy mintaqalarida bug‘doy kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.06.2015/B2015.2.Qx190.
Ilmiy maslahatchi: Xasanov Batir Achilovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, Andijon qishloq xo‘jalik instituti, 14.07.2016.Qx.22.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Shamil` Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Yusupova Maxpuza Numanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq ho‘jalik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning markaziy va janubiy mintaqalarida bug‘doyning fitosanitar holatini monitoring qilish, ulardan asosiy zarar etkazadigan kasalliklarning infeksiya manbalari, don hosiliga zarar etkazishini baholash hamda ushbu kasalliklarga qarshi yangi zamonaviy fungisidlarning biologik samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mamlakatimizda ko‘p yillik monitoring asosida markaziy va janubiy mintaqalardagi bug‘doyzorlarning fitosanitar holati, dalalarda kasalliklar tarqalishi hamda rivojlanishi darajalari aniqlangan;
asosiy kasalliklarning tur tarkibi identifikatsiya qilingan va ulardan nekrotrof patogen zamburug‘lar vakillarining izolyatlari sof kul`turaga ajratilgan;
mamlakatimizda ilk bor bug‘doy boshoqlari «zaytun mog‘ori» va donlari «qora murtak» kasalliklari bilan zararlanishi aniqlangan;
bug‘doyning zang va dog‘lanish kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar qish davrida saqlanish usullari hamda kasalliklarning birlamchi infeksiya manbalari aniqlangan;
dala sharoitida tabiiy va sun’iy infeksiya fonlarida asosiy kasalliklarning yalpi bug‘doy hosiliga hamda hosil strukturasiga salbiy ta’sirlari aniqlangan;
davlat sinovlarida yangi urug‘ dorilagichlar va o‘suv davrida qo‘llaniladigan fungisidlarning bug‘doy kasalliklariga nisbatan biologik hamda xo‘jalik samaradorligi aniqlangan;
bug‘doy kasalliklarini hisobga olish va fungisidlarning biologik samaradorligini aniqlashning maqbul, oddiy uslublari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bug‘doy kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
o‘simliklarni zang va dog‘lanish kasalliklaridan o‘suv davrida himoya qilish uchun «Bamper Super» 490 em.k., «Kolosal` Pro» 50% m.em.k., «Tilzol» 25% em.k., «Titul Duo» 40% k.e.k., «Akanto Plyus» 28% sus.k., «Ximpakt» 35% sus.k., «Altis Prem`er» 10% sus.k., «Duazol» 40% k.e.k. fungisidlari hamda qorakuyalar, maysa va ildiz chirish kasalliklariga qarshi urug‘lik donni dorilash uchun «Moerkonazol» 6% s.e.k., «Sertikor» 5% sus.k. va «Essenzalil» 27% sus.k. preparatlari «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish davlat komissiyasining 2016 yil 3 oktyabrdagi 2-5-117-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida ushbu preparatlarni fermer va dehqon xo‘jaliklari g‘alla maydonlarida kasalliklarga qarshi keng qo‘llanilgan;
Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida asosan «Titul Duo» va «Duazol» (ayrim hollarda boshqa fungisidlar) qo‘llanilganida kuzgi bug‘doy ekinlarining asosiy kasalliklari qayd etilgan barcha fermer va dehqon xo‘jaliklarida ularga qarshi himoya tadbirlari joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 y 9 noyabrdagi 02/20-1247-son ma’lumotnomasi). Bunda gektariga 4,6–7,8 sentnerdan 10,9–11,3 sentnergacha qo‘shimcha hosil olingan, iqtisodiy samaradorlik 231,6–392,7 ming so‘mdan 548,8–568,0 ming so‘mni tashkil etgan.