Jaksimuratov Kazbek Radjovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurilish korxonalarida soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Iqt418.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kamilov Mirzohid Mirsabitovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’lumotlari asosida qurilish korxonalarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish korxonalarida ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy vositalarni xarid qilishda mol etkazib beruvchilarga to‘langan mashina va mexanizmlarga tegishli qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini 12 oy davomida teng ulushlarda hisobga olib borish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
qurilish korxonalari tomonidan er uchastkalarida ob’ektlar qurilishi loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda, normativ muddat belgilanmagan hollarda qurilish boshlanganidan 24 oy ichida tugallanmaganda, mol-mulk va er solig‘ining uch baravarga oshirilgan stavkalarini qo‘llash amaliyotini bekor qilish taklif qilingan;
qurilish korxonalarida foydalaniladigan sement xom ashyosi uchun er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning stavkasini oshirish bilan birga soliq solinadigan bazani aniqlash mexanizmini takomillashtirish taklif etilgan;
qurilish korxonalarida ish haqi fondiga nisbatan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblashda me’yoriy miqdorlarni bekor qilish maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish korxonalari soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
qurilish korxonalarida ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy vositalarni xarid qilishda mol etkazib beruvchilarga to‘langan mashina va mexanizmlarga tegishli qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini 12 oy davomida teng ulushlarda hisobga olib borish taklifi O‘zbekiston Respublikasining «Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunini (2018 y.) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 27 iyundagi 14-18796-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat olib borayotgan «QALBAQ QURILIS» MChJ qurilish korxonasida 2019 yilda 117 500,0 ming so‘m miqdorida mablag‘lar korxona ixtiyorida qolishiga erishilgan;
qurilish korxonalari tomonidan er uchastkalarida ob’ektlar qurilishi loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda, normativ muddat belgilanmagan hollarda qurilish boshlanganidan 24 oy ichida tugallanmaganda, mol-mulk va er solig‘ining uch baravarga oshirilgan stavkalarini qo‘llash amaliyotini bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining «Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunini (2018 y.) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 27 iyundagi 14-18796-son va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yagona buyurtmachi xizmati «Injiniring kompaniya»sining 2020 yil 5 avgustdagi 636-01/02-son ma’lumotnomalari). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish korxonalarida er va mol-mulk soliqlarining uch karra oshirilgan stavkalari qo‘llanmasligi hisobiga 2019 yilda 115 606,2 ming so‘m miqdorida mablag‘lar tejab qolinishiga erishilgan;
qurilish korxonalarida foydalaniladigan sement xom ashyosi uchun er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning stavkasini oshirish bilan birga soliq solinadigan bazani aniqlash mexanizmini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-son «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi Qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 27 iyundagi 14-18796-son ma’lumotnomasi). Natijada, «KKRASI BETON» xususiy korxonasida sementning bir tonnaga QQCsiz o‘rtacha narxi ((585+514,3)/2-333,3) 216,4 ming so‘mga arzonlashishiga erishilgan;
qurilish korxonalarida ish haqi fondiga nisbatan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblashda me’yoriy miqdorlarni bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-son «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 27 iyundagi 14-18796-son ma’lumotnomasi). Mazkur tartibning amal qilishi natijasida «Uy-jay kurilis» MChJ qurilish korxonasida 2014-2018 yillar oralig‘ida 80 501,7 ming so‘m miqdordagi moliyaviy resurslar asosiy faoliyatdan chetlanishiga sabab bo‘lganligi aniqlangan.