Xujayarov Ilyos Shiralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Integrallashgan neyron tarmoqlari asosida o‘zbek tili nutqini tanish algoritmlari va dasturiy vositalari», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T901.
Ilmiy rahbar: Musaev Muxamedjon Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Baxodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Davronov Rifqat Rahimovich, t.f.n.
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili nutq signallari tahlili asosida nutq korpusini shakllantirish, cheklangan lug‘atdagi diktorga bog‘liq bo‘lmagan nutqni tanib olishning neyron tarmog‘iga asoslangan algoritmlari va dasturiy vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
audio manbalardan nutq korpusini shakllantirishni hisobga olgan holda audio fayl va unga mos keluvchi matnni segmentatsiyalash algoritmlari hamda segmentlangan audiofayl va uning matni mosligini tekshiruvchi dasturiy interfeysi ishlab chiqilgan;
diskret kosinus almashtirish yordamida nutq signalidan «vaqt-chastota» sohasidagi belgilar kartasini hosil qilish algoritmi ishlab chiqilgan;
grafik protsessor yordamida nutq signalidan belgilar kartasini hosil qilishning tezkor algoritmi ishlab chiqilgan;
svertkali neyron tarmoqlari yordamida tasvir kabi ifodalangan nutqni tanib olishning algoritmi ishlab chiqilgan;
cheklangan lug‘atdagi o‘zbek tili nutqini hisobga olgan holda avtomatik tanib olishning integrallashgan neyron tarmoqlari arxitekturasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya doirasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan algoritmlar va dasturiy vositalar asosida:
nutq korpusini shakllantirish, ikki o‘lchovli belgilar kartasini hosil qilish va nutqni tanib olish algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy vositalar «O‘zGAShKLITI» DUK ning geoaxborot tizimida regional hududlar nomlari, shaharsozlik reglamenti, shaharsozlik hujjatlarining ob’ektlarini ovozli qidiruvlarni amalga oshirish maqsadida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2020 yil 2 dekabrdagi 33-8/7343-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida geoaxborot tizimdan ob’ektlarni qidirib topishga bog‘liq jarayon 15-20 foizga tezkor amalga oshirish imkonini bergan.
svyortkali neyron tarmoqlari yordamida tasvir kabi ifodalangan nutqni tanib olishning algoritmi asosida yaratilgan dasturiy vosita «O‘ZBEKTELEKOM» AK Qashqadaryo filialida telefon chaqiruvlarining boshqaruv tizimiga (call-markaz) so‘zlashuvlar yozuvlaridagi kalit so‘zlarni qidirish, kalit so‘zlar bo‘yicha kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni sinflashtirish maqsadida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2020 yil 2 dekabrdagi 33-8/7343-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida call markazida chaqiruvlarga ishlov berish operatsion xarajatlari sezilarli qisqargan va aloqa kanalining yuklamalarini 15 % gacha qisqartirish imkonini bergan.