Buriev Iskandar Astanovichning

doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qashqadaryo viloyati sharoitida rayonlashtirilgan g‘o‘za navlari hosildorligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Qx131.

Ilmiy maslahatchi: Nazarov Renat Saidovich,qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Andijon qishloq xo‘jalik instituti va Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, 14.07.2016.Qx/V.24.01.

Rasmiy opponentlar: Axmedov Djamolxon Xodjaxonovich, biologiya fanlari doktori; Satipov G‘ayibnazar Matvafoevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z, tipik bo‘z va taqirsimon tuproqlari sharoitida g‘o‘zani o‘rta tolali «Yulduz», «Mehnat», «Mehr», «Oq-oltin-5», «Namangan-77», «S-6530» va «Buxoro-6» navlarining hosildorligini oshirishda maqbul o‘g‘it va sug‘orish tartiblarini, qulay ekish muddatlari, tizimlari hamda ko‘chat qalinliklarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zani o‘rta tolali «Yulduz», «Mehnat», «Mehr», «Oq-oltin-5», «Namangan-77» va «Buxoro-6» navlarini ma’dan o‘g‘itlar bilan N-200 R-140, K-100 kg/ga me’yorda oziqlantirish va tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60% tartibda sug‘orish maqbulligi aniqlangan;

tipik bo‘z tuproqlarda g‘o‘zani o‘rta tolali «Namangan-77», «Buxoro-6», «S-6530» va «Mehr» navlarini ma’dan o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yori N-200 R-140, K-100 kg/ga hamda tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60% tartibda sug‘orish samarali bo‘lishi aniqlangan;

chigit ekish muddatini 10–15 mart kunlar oralig‘ida o‘tkazish, 60x13-1 ekish tizimida ko‘chat qalinligini gektariga 120 ming dona hisobida qoldirish  maqbulligi isbotlangan;

taqirsimon tuproqlarda o‘rta tolali «Namangan-77», «Buxoro-6», «S-6530» va «Mehr» navlarining maqbul o‘g‘it me’yorlari N-250 R-175, K-125 kg/ga, tuproq namligi ChDNSdan 70-70-60% sug‘orish tartibi qulay bo‘lishi aniqlangan;

chigit ekish muddatini 5–10 aprel` kunlari oralig‘ida amalga oshirish, ekish tizimi 90x9-1, ko‘chat qalinligi gektariga 120 ming dona bo‘lishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Qashqadaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida g‘o‘zani rayonlashtirilgan o‘rta tolali navlari hosildorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:

g‘o‘zaning «Namangan-77», «Buxoro-6» va «S-6530» navlarini etishtirishning maqbul agrotexnikasi bo‘yicha «Tezpishar, istiqbolli g‘o‘za navlarining agrotexnikasi va ularning iqtisodiy samaradorligi» mavzusidagi tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 23 yanvardagi 02/20-28-son ma’lumotnomasi). G‘o‘za navlarining maqbul agrotexnologiyalari, o‘g‘itlarni qo‘llash me’yori, sug‘orish tartiblari, ekish muddatlari va tizimlarini joriy qilish orqali paxta hosildorligi hamda tola sifatini oshirishga erishilgan;

g‘o‘za navlarini etishtirishning maqbul agrotexnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari 2010–2012 yillarda Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida 6,1 ming, tipik bo‘z tuproqlarida 52,0 ming, taqirsimon tuproqlarida 28,0 ming gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 19 dekabrdagi 02/20-1276-son ma’lumotnomasi). G‘o‘za navlarida maqbul agrotexnologiyalarini qo‘llash natijasida gektaridan 3–5 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan, ko‘saklarni ochilishi 4–6 kunga tezlashgan, birinchi terim salmog‘i 5–6 foizga oshgan va iqtisodiy samaradorlik gektariga 155,4–301,2 ming so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish