Yuldoshev Umidjon Yuldoshevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy maqom asarlari asosida bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining ijodiy tafakkurini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped584.
Ilmiy rahbar: Ashirboev Samixon, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Halilov Faxriddin Nuritdinovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy maqom asarlari asosida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida ijodiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining intellektual imkoniyatlari kasbiy faoliyat motivlarini optimal idrok jarayoniga identifikatsiyalash asosida rivojlantirilgan;
talabalarda milliy maqomga qiziqishini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari (motivatsion, intellektual va hissiy) badiiy obrazli ijodiy tafakkurni rivojlantirish bosqichlarini milliy-madaniy qadriyatlarga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
musiqa fani o‘qituvchisi modeli maqom san’atini (Buxoro shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarini) o‘qitish jarayonida shaxsda oldingi tajribalar negizida shakllangan ko‘rgazmali obrazlarni ijtimoiy-psixologik, musiqiy-psixologik, estetik va tarbiyaviy xususiyatlarga uzviy bog‘lash asosida takomillashtirilgan;
milliy maqom asarlarini bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining ijodiy tafakkurini rivojlantirish darajasi produktiv, reproduktiv, qisman izlanuvchan tamoyillari, o‘z-o‘zini baholash mezonlari va individual rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar kasbiy yo‘naltirilganlik, funksionallik, ijtimoiylashuv, integratsiyalangan formallashtirish va ixtisoslashtirish prinsiplari asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Milliy maqom asarlari asosida bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining ijodiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining intellektual imkoniyatlari kasbiy faoliyat motivlarini optimal idrok jarayoniga identifikatsiyalash asosida rivojlantirishga oid takliflar musiqa ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartlari va malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 iyundagi 89-03-1847-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy maqom asarlarini o‘rganish jarayonida ovoz masalasi, registr, kuy tuzilishi va uning turlari, xalq musiqasi ladlari hamda milliy maqomlarning lad va interval tuzilishlari, umuman olganda, maqomlarning nazariy masalalarini o‘zlashtirish hamda ularning o‘quv jarayonida keng o‘rganilishi ta’minlangan;
talabalarda milliy maqomga qiziqishini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari (motivatsion, intellektual va hissiy)ni milliy-madaniy qadriyatlarga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 iyundagi 89-03-1847-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha doirasida musiqa ta’limida mumtoz asarlar vositasida talabalar ijodiy tafakkurini rivojlantirishning shart-sharoitlari, o‘qituvchi modeli, pedagogik xususiyatlar, zamonaviy metod va texnologiyalarni adaptatsiyalash, shuningdek, tadqiqot natijalarini tashhislash, genezisi, dinamikasi, samaradorligi va erishilgan empirik natijalarni qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan;
“Musiqa” fani o‘qituvchisining ijtimoiy-psixologik, musiqiy-psixologik, estetik va tarbiyaviy xususiyatlari hamda milliy maqom asarlarini bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining ijodiy tafakkurini rivojlantirish darajasi produktiv, reproduktiv, qisman izlanuvchan tamoyillari, o‘z-o‘zini baholash mezonlariga oid takliflar asosida “Musiqa nazariyasi (sol`fedjio, garmoniya, musiqiy asarlar tahlili)” nomli darslik ishlab chiqilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274 son buyrug‘i asosida berilgan 274-064-sonli guvohnoma). Natijada milliy maqom asarlarini o‘zlashtirish jarayonida bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining ijodiy tafakkurini rivojlantirish samaradorligi oshgan.