Xamidova Zarifa Urol qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Byudjet tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati faoliyatini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt589.
Ilmiy rahbar: Masharipov Ozod Alimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Karshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi byudjet tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjet tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati faoliyatida kameral nazoratni kiritish orqali nazorat samaradorligini oshirish imkoniyati asoslangan;
mol-mulk hamda pul mablag‘larini kutilmaganda yo‘qotishlar xavfini aniqlash amalini kiritish asosida ichki audit va ichki nazorat tizimi faoliyati takomillashtirilgan;
byudjet tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarini tashkil qilishga ijro nazoratini xususiyati, muddati va hajmini belgilash orqali faoliyat samaradorligini oshirish asoslangan;
risklarni baholash va minemallashtirish yuzasidan byudjet tashkilotlarini yuqori, o‘rta, kam ahamiyatga ega muammoli guruhlarga ajratib ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatini faoliyatini rejalashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Byudjet tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
byudjet tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati faoliyatida kameral nazoratni kiritish orqali nazorat samaradorligini oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan xodimlarga masofaviy nazorat qilish huquqini berishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 iyuldagi 87-03-2377-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mol-mulk hamda pul mablag‘larini kutilmaganda yo‘qotishlar xavfini aniqlash amalini kiritish asosida ichki audit va ichki nazorat tizimi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan xodimlarga moliyaviy yo‘qotishlarni aniqlash va kamaytirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 iyuldagi 87-03-2377-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan mol-mulk hamda pul mablag‘larini kutilmaganda yo‘qotishlar xavfini aniqlash imkonini bergan;
byudjet tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarini tashkil qilishga ijro nazoratining xususiyati, muddati va hajmini belgilash orqali faoliyat samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari maslahat va tavsiyalarini bajarilish holatlarini o‘rganishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 iyuldagi 87-03-2377-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki audit xizmati tashkilot boshqaruv organi tomonidan audit tavsiyalarini bajarish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni bajarilish holatini kuzatib borgan; 
risklarni baholash va minimallashtirish yuzasidan byudjet tashkilotlarini yuqori, o‘rta, kam ahamiyatga ega muammoli guruhlarga ajratib, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati faoliyatini rejalashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ichki audit jarayonini umumiy rejalashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 iyuldagi 87-03-2377-son ma’lumotnomasi). Natijada, byudjet tashkilotlarining risklari darajasiga qarab nazorat o‘tkazishni rejalashtirish jarayoni tartibli amalga oshirilishiga erishilgan va shu bilan bir qatorda byudjet tashkilotlari guruhlarga ajratilgan holda nazorat jarayonidan o‘tkazilishi hamda ichki auditorlarning vaqtdan unumli foydalanishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish