Toshpulatov Davron Akromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida muammoli aktivlar hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt736.
Ilmiy rahbar: Umarov Zafar Absamatovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Karshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida muammoli aktivlar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“mulk” moduli tahliliy (analitik) hisobini kiritish asosida muammoli kredit va lizingni undirish uchun bank balansiga qabul qilingan mol-mulkni bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish hisobi takomillashtirilgan;
muammoli kreditlarni sud jarayoniga qadar, sudda va suddan tashqari undirish bosqichlarini tashkil etish orqali hisobini yuritish hamda axborot shaffofligini oshirish asoslangan;
kredit riski darajasi oshishiga qarab bosqichlarga ajratish hamda defoltning yuzaga kelish ehtimolini aniqlash orqali aktivlarning e’timoliy yo‘qotishlari uchun yaratilishi lozim bo‘lgan zahiralarni hisobot davrida korrektirovka qilib borish taklif etilgan;
muammoli kredit operatsiyalari bo‘yicha yo‘qotishlar auditida ekstrapolyasiya qilish usulidan foydalanish taklif etilgan;
kutilayotgan kredit yo‘qotishlarini aniqlashda vintaj tahlilini qo‘llash asosida muammoli kreditlar auditi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tijorat banklarida muammoli aktivlar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“mulk” moduli tahliliy (analitik) hisobini kiritish asosida muammoli kredit va lizingni undirish uchun bank balansiga qabul qilingan mol-mulkni bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish hisobi bo‘yicha taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATB va Mikrokreditbank ATBlarning hisob siyosatida o‘z aksini topgan (O‘zsanoatqurilishbank ATBning 2020 yil 8 maydagi 01-07/2139-son, Mikrokreditbank ATBning 2020 yil 3 iyundagi 10-29/5972-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida banklarda 2018-2020 yillarda (ustama haq evaziga) bo‘lib to‘lash sharti asosida sotilgan 42,8 mlrd, so‘m, hamda 9,9 mlrd. so‘m mol-mulklar hisobi dasturiy ta’minotda alohida yuritilishi ta’minlangan;
muammoli kreditlarni sud jarayoniga qadar, sudda va suddan tashqari undirish bosqichlarini tashkil etish orqali hisobini yuritish hamda axborot shaffofligini oshirish taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATB, Mikrokreditbank ATB, Agrobank ATBlarning kredit siyosatida o‘z aksini topgan (O‘zsanoatqurilishbank ATBning 2020 yil 8 maydagi 01-07/2139-son, Mikrokreditbank ATBning 2020 yil 3 iyundagi 10-29/5972-son, Agrobank ATBning 2020 yil 21 maydagi 11-2-17/532-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida banklarning barcha qarzdor mijozlariga SMS xabar yuborish yo‘lga qo‘yilgan, Bosh bankning muloqot markazida qarzdorlikni so‘ndirish bo‘limi tashkil etilgan hamda O‘zsanoatqurilishbank ATBda 2019 yilda 49,1 mlrd. so‘m sud jarayonidagi kreditlarning so‘ndirilishi ta’minlangan;
kredit riski darajasi oshishiga qarab bosqichlarga ajratish hamda defoltning yuzaga kelish ehtimolini aniqlash orqali aktivlarning e’timoliy yo‘qotishlari uchun yaratilishi lozim bo‘lgan zahiralarni hisobot davrida korrektirovka qilib borish bo‘yicha taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATB, Mikrokreditbank ATB, Agrobank ATB va AT Aloqabanklarning hisob siyosatida o‘z aksini topgan (O‘zsanoatqurilishbank ATBning 2020 yil 8 maydagi 01-07/2139-son, Mikrokreditbank ATBning 2020 yil 3 iyundagi 10-29/5972-son, Agrobank ATBning 2020 yil 21 maydagi 11-2-17/532-son, AT Aloqabankning 2020 yil 20 maydagi 19-09/1743-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida banklarda hisobot davrida kutilayotgan kredit yo‘qotishlari bo‘yicha zaxiralarni (“ECL”) MHXSlari asosida hisoblanishi ta’minlangan;
muammoli kredit operatsiyalari bo‘yicha yo‘qotishlar auditida ekstrapolyasiya qilish usulidan foydalanish taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATB, Mikrokreditbank ATB, Agrobank ATB va Aloqabank ATBlarda muammoli aktivlar auditini o‘tkazish dasturida o‘z aksini topgan (O‘zsanoatqurilishbank ATBning 2020 yil 8 maydagi 01-07/2139-son, Mikrokreditbank ATBning 2020 yil 3 iyundagi 10-29/5972-son, Agrobank ATBning 2020 yil 21 maydagi 11-2-17/532-son, Aloqabank ATning 2020 yil 20 maydagi 19-09/1743-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif joriy qilinishi auditorlarlik xulosasi sifatini oshirishga hamda banklarda muammoli aktivlar salmog‘ini kamaytirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishga xizmat qilmoqda;
kutilayotgan kredit yo‘qotishlarini aniqlashda vintaj tahlilini qo‘llash asosida muammoli kreditlar auditini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATBda audit jarayonida bir xil kreditlar sifatini tekshirishda, kredit portfeli monitoringida kredit turlari, muddati, qarzdorlarning xatti-harakatlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zsanoatqurilishbank ATBning 2020 yil 8 maydagi 01-07/2139-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi kredit mahsulotlari bo‘yicha riski yuqori bo‘lgan audit ob’ektini oldindan belgilash imkonini bergan.