Bekchonov Ikrom Qurvonnazorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ipak sanoati chiqindisidan olinadigan xitin va xitozanning texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1051.
Ilmiy rahbar: Rashidova Sayyora Sharafovna, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Xaydar Ergashovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ipak sanoati chiqindisi ipak qurti g‘umbagidan xitin va xitozan olishning takomillashgan texnologiyasini ishlab chiqish, u asosida biologik faol, ekologik xavfsiz bo‘lgan “UZXITAN” preparati olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ipak sanoati chiqindisi, ipak qurti g‘umbagidan xitin va xitozan olishning mukammal kompleks texnologiyasi yaratilgan;
xitin va xitozanning ishlab chiqarish jarayoni mahsulotning sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir qilishligi sababli, ularning fizik-kimyoviy xossalari texnologik parametrlarga uzviy bog‘liqligi aniqlangan va yuqori sifatli mahsulot olishni e’tiborga olgan holda ishlab chiqarish texnologiyasining optimal sharoitlari topilgan;
xitin, xitozan va “UZXITAN” preparati ishlab chiqarishning ilmiy-texnologik hamda iqtisodiy asoslangan mukammallashtirilgan texnologik sxemalari ishlab chiqilgan; 
ilk bor xitozan asosida qishloq xo‘jalik ekin urug‘larini kapsullashda qo‘llanilanniladigan ekologik xavfsiz, biologik faol “UZXITAN” preparatini ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ipak sanoati chiqindisidan olinadigan xitin va xitozanning texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
“UZXITAN” preparati “O‘zbekiston-5”  va “O‘zbekiston-6” navli ipak qurtlarini va ularning ozuqalarini ishlov berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik uyushmasining 2020 yil 30 iyuldagi 4-2/1499-son ma’lumotnomasi). Natijada, ipak qurtining yashovchanligini, hosildorligini oshirish imkonini bergan; 
“UZXITAN” preparati O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklarning o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklarning o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxati, 2016 yil, 219-bet). Natijada, mahalliy ekologik xavfsiz biologik faol preparat bilan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini dorilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish