Yusupova Nadira Kaypbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft` shlamlaridan qurilish bitumi olish texnologiyasi», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1713.
Ilmiy rahbar: Xurmamatov Abdugaffor Mirzabdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Toyir Zoirovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «O’ZLITINEFTGAZ» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikamizdagi neftni qayta ishlash korxonalaridan ajralib chiqayotgan neft` shlamlarini utilizatsiya qilish va ulardan qurilish bitumi olishning yangi chiqindisiz texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft` shlamlarini eritish yo‘li bilan qurilish bitumi olish va ajratilgan mexanik qo‘shimchalarni utilizatsiya qilishning yangi usuli ishlab chiqilgan;
bitum olish jarayoni samaradorligining haroratga, bosimga, oksidlanish davomiyligiga korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
neft` shlamlaridan qurilish bitumi olish jarayonlarining maqbul sharoitlari, ya’ni erituvchi va neft` shlami nisbati 30:70; oksidlanish jarayoni harorati 220S va oksidlanish davomiyligi 180 min ekanligi aniqlangan:
neft` shlamlaridan oksidlash yo‘li bilan 22% gacha qurilish bitumi  olish uchun maqbul rejim-konstruktivli yangi samarali texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neft` shlamlaridan qurilish bitumini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft` chiqindilaridan qurilish bitumi olish texnologiyasini ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha IX Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bilan xo‘jalik shartnomasi tuzilgan (2016 yil 13 mayda 8/16 raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada, neftni qayta ishlash zavodlarida neft` chiqindilarini qayta ishlash va ekologik muammoni hal qilish imkonini bergan;
neft` shlamlari asosida qurilish bitumi olish texnologiyasi «O‘zbekneftegaz» AJning «2021–2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2020 yil 11 sentyabrdagi 03/17-5/20-18V-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft` shlamlaridan 22% gacha qurilish bitumi olish va ishlab chiqarish unumdorligi 3% ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish