Namozov Jo‘rabek Abduazizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samarqand viloyati er-suv resurslaridan oqilona foydalanishning iqtisodiy-geografik jihatlari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Gr16.
Ilmiy rahbar: [Qayumov Abduhakim Abduhamidovich], geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Abdurashid Vaxidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibraimova Aziza Alimbaevna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyati er-suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyati xo‘jalik tarmoqlari joylashuvining tuproq bonitet bali bilan bog‘liqligini aniqlash (=0,47) Spirmen korrelyasiyasi usulini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
viloyatning cho‘l va tog‘oldi hududlarida qishloq xo‘jaligi erlarining o‘zgarishiga yaylov chorvachiligining ta’sir darajasi (kuchli, o‘rtacha, kuchsiz) aniqlangan;
viloyat sug‘oriladigan erlariga to‘g‘ri keladigan suv resurslari miqdorining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
tumanlarning gidromeliorativ vaziyati aks ettirilgan Samarqand viloyati er-suv resurslaridan foydalanish kartasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Er-suv resurslari salohiyati va ulardan foydalanish samaradorligini kompleks iqtisodiy geografik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Samarqan viloyati xo‘jalik tarmoqlari joylashtirishda tuproq bonitet balining hisobga olish haqidagi takliflari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan ekin erlarni boshqa maqsadlar uchun ajratib berishning oldini olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 5 martdagi 03-02/3-562-son ma’lumotnomasi). Natijada, muhofaza ostiga olinadigan sug‘oriladigan erlarni aniqlash imkonini bergan;
viloyatning cho‘l va tog‘oldi hududlarida yaylov chorvachiligi ta’sirida qishloq xo‘jaligi erlarining o‘zgarishiga oid takliflari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida (2019–2021 yy.) cho‘llanish va eroziyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 5 martdagi 03-02/3-562-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaylov erlarini himoya qilish maqsadida o‘rmonzorlar maydonini kengaytirish rejasini ishlab chiqish imkonini bergan;
Samarqand viloyati sug‘oriladigan erlariga to‘g‘ri keladigan suv resurslari miqdorining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari Qishloq xo‘jaligi vazirligida qishloq xo‘jaligi erlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning 2019–2022 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 17 avgustdagi 05/022-2526-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat hududida tomchilatib sug‘oriladigan maydonlar rejasini ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan;
Samarqand viloyati er-suv resurslaridan foydalanish kartasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida 2020–2030 yillarda qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 17 avgustdagi 05/022-2526-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat hududida qo‘shimcha sug‘oriladigan erlar maydonini belgilab olishga xizmat qilgan.