Karimov Ilhom Esonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jizzax suv ombori ta’siri doirasidagi geotizimlarning landshaft - ekologik holatini baholash», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Gr56.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilhom Xotamovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: O‘razboev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori; Rafikov Vahob Asomovich, geografiya fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jizzax suv ombori ta’siri doirasidagi geotizimlarning landshaft - ekologik holatining shakllanishini va o‘zgarishini baholash, prognozlash, ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jizzax suv omborining ta’siri doirasidagi tabiiy-antropogen landshaftlari ilk marotaba fatsiya darajasida (11ta fatsiya) aniqlangan va yirik masshtabli (1:50 000) landshaft kartasi yaratilgan;
Jizzax suv ombori ta’siri doirasidagi tabiiy-antropogen landshaftlardan xo‘jalikda foydalanish natijasida o‘zgarganlik darajasi (kuchsiz o‘zgargan, o‘rtacha o‘zgargan, kuchli o‘zgargan va o‘ta kuchli o‘zgargan) baholangan;
Jizzax suv ombori suvni muhofaza qilish zonalari hududi turizm nuqtai nazaridan qulaylik darajalari (qulay, kamroq qulay, qulay emas) baholangan;
Jizzax suv ombori ta’siri doirasidagi xududlarning landshaft-ekologik holati foydalanish darajasiga ko‘ra prognozlashtirilgan hamda oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jizzax suv ombori atrofdagi tabiiy va tabiiy-antropogen landshaftlarning landshaft-ekologik holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan yirik masshtabli landshaft kartasi asosida, unda aks ettirilgan fatsiyalar doirasida ekinlarni sug‘orish, lalmi erlarni foydalanishga kiritish tadbirlari Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 9 iyuldagi 04/20-2042-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax suv ombori atrofidagi mavsumiy lalmi erlardan foydalanishda tuproq-grunt qoplamining meliorativ holati va er osti suvlarining o‘zgarishini boshqarish tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatini bergan;
Jizzax suv omborining ta’siri doirasidagi landshaftlarning xo‘jalikda foydalanishi natijasida o‘zgarganligini va ekologik holatini baholash natijalaridan Suv xo‘jaligi vazirligida er-suv resurslaridan maqsadli foydalanishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 9 iyul` 04/20-2042-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax suv ombori atrofidagi erlardan oqilona va maqsadli foydalanishni monitoring qilish imkonini bergan;
Jizzax suv ombori suvni muhofaza qilish zonalari ekoturizmni rivojlantirish maqsadida baholash natijalari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan yangi turistik ob’ektlarni aniqlash va ularda turizm infratuzilmasi ob’ektlarini loyihalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 noyabrdagi 02-22/8008-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax suv omborining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizm infratuzilmasi ob’ektlaridagi qurilish ishlari yuzasidan ularni atrof muhitga salbiy ta’sirini bartaraf etish maqsadida qat’iy nazorat tashkil etish imkonini bergan;
Jizzax suv omborining atrofidagi xududlardan foydalanish natijasida landshaft-ekologik holatni prognozlashtirish ishlari va ularni aks ettirilgan landshaft kartasi Suv xo‘jaligi vazirligida Jizzax suv omborining suv resurslarini boshqarishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 9 iyuldagi 04/20-2042-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv omborining rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan xududlarini aniqlash, suv omborlari tarmog‘ini kengaytirish hisobidan lalmi erlarni foydalanishga kiritish hamda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini jadallashtirishni ta’minlashga xizmat qilgan.