Xursanov Shohruh Yashinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «A(z)–subgarmonik funksiyalar va Gyolder regulyarlik», 01.01.01 – Matematik analiz (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/FM192.
Ilmiy rahbar: Sadullaev Azimboy, fizika-matematika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM.01.01.
Rasmiy opponentlar: Imomnazarov Xolmatjon Xudoynazarovich, fizika-matematika fanlari doktori (Rossiya); Raximov Abdug‘ofur Abdumadjitovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Urganch  davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi A(z) – garmonik funksiyalar uchun Laplas tipidagi operatorni qurish, A(z) – subgarmonik funksiyalar uchun Riss tipidagi ifoda va Puasson integral formulasini isbotlash hamda A(z) – garmonik o‘lchovning Gyol`der uzluksizlik shartini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
A(z) – garmonik funksiyalar uchun Laplas tipidagi operator  qurilgan;
A(z) – garmonik funksiyalar uchun Puasson integral formulasi isbotlangan;
umumlashgan A(z) – garmonik funksiyasini regulyar A(z) – garmonik funksiya bo‘lishligi isbotlangan;
normal A(z) – garmonik funksiyalar oilasi  uchun tekis yaqinlashish xossalari o‘rganilgan;
silliq funksiyalar yordamida A(z) – subgarmonik funksiyalarni aproksimatsiyalash mumkinligi isbotlangan; 
A(z) – garmonik ulchovning Gyolder uzluksizlik sharti  aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
A(z) – garmonik funksiya va Gyolder ma’nosida regulyarligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
taklif qilingan   garmonik funksiyalar uchun Laplas tipidagi operatorlar va A(z) – garmonik funksiyalar uchun Puasson formulalari AP05133873 ”Elliptik operatorlarning kasr darajaga  ega bo‘lgan matematik modellar uchun  nochiziqli teskari masalalarni echishda  parallel algoritmlar va hisoblash usullarining   gravimetriyada qo‘llanishi“ mavzudagi fundamental tadqiqotlar loyihasida gravimetriyadagi bo‘limlarning sirtlarini tiklash uchun to‘g‘ri va teskari masalalarni echishda tadbiq etilgan (Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi Qo‘mitasining 2020 yil 13 noyabrdagi 565-son ma’lumotnomasi). Natijada, regulyarizatsiyalangan qo‘shma gradient usulining regulyarizatsiya parametrini tanlashning empirik formulasini aniqlash imkonini bergan;
umumlashgan A(z) – garmonik funksiyasi  va regulyar A(z) – garmonik funksiyalarning umumlashgan ifodasi yordamida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan 2018-2019 yillarda baajarilgan MRU-OT-1/2017 “Nelokal`nie kraevie i obratnie zadachi dlya neklassicheskix differensial`nix i operatorno-differensial`nix uravneniy” granti loyixasida uchinchi tartibli tenglamani echishda qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-5159-son ma’lumotnomasi). Natijada, bosh qismida Laplas operatori qatnashgan aralash-qo‘shma tipdagi uchinchi  tartibli tenglamalar uchun nolokal boshlang‘ich-chegaraviy masalalar echimining xossalari isbotlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish