Raximov To‘xtabek Jumaboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hudud iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt601.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Boyxonov Baxodir Tursunboevich, iqtisodiyot fanlari doktori; Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan ekonometrik modellashtirish model va usullarini qo‘llagan holda Xorazm viloyati iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hudud iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirishda innovatsion, ekologik jarayonlarni hisobga olgan holda tizim ichki elementlarini o‘zaro ta’sirini aniqlash maqsadida  vertikal, gorizontal va teskari aloqalar tuzilmasi ishlab chiqilgan;
hudud iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirishga ta’sir qiluvchi innovatsion, ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida Kuznes ekologik egri chizig‘i yordamida hududni barqaror rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan;
hududni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar darajasini  va bu omillarni o‘zaro bog‘liqligini aniqlashning Kobba-Duglas tipidagi kompleks sonli ekonometrik modellari ishlab chiqilgan;
yalpi hududiy mahsulotni  asosiy tarmoqlarini rivojlanish darajasini ARIMA hamda  arifmetik o‘rtacha shakldagi usullar yordamida aniqlagan holda hudud iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirishning 2020-2025 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Hudud iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida: 
Hudud iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida Hudud iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirishda innovatsion va ekologik jarayonlarni hisobga olib asosiy maqsadlarni jamlagan holda tuzilgan tuzilmasi bo‘yicha taklifi Xorazm viloyatining 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Xorazm viloyati hokimiyatining 2020 yil 26 dekabrdagi 7-5717-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqada ishlab chiqarish tarmoqlarini istiqbolli sohalari aniqlanib, mintaqa iqtisodiy tizimining barqaror rivojlanishiga erishish imkoniyati paydo bo‘lgan;
Hudud iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirishga ta’sir qiluvchi innovatsion, ekologik, ijtimoiy - iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan ekonometrik modellari yordamida hududni barqaror rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha taklifdan iqtisodiy tizimni barqaror rivojlantirish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda Xorazm viloyati hokimiyati faoliyatiga joriy qilingan. (Xorazm viloyati hokimiyatining 2020 yil 26 dekabrdagi      7-5717-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida hudud iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirishda mavjud resurs va salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
hududni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar darajasini  va bu omillarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashda Kobba-Duglas tipidagi kompleks sonli ekonometrik modellari borasidagi taklifdan iqtisodiy tizimga ta’sir etuvchi omillarning ustuvorlik darajasini aniqlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimiyatining 2020 yil 26 dekabrdagi 7-5717-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif mintaqada iqtisodiy tizimni barqaror rivojlantirishga xizmat qilgan;
ko‘p omilli ekonometrik modellarni ARIMA (0,2,2) modeli asosida takomillashtirish negizida ishlab chiqilgan tavsiyalardan “Xorazm viloyatining 2020-2025 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimiyatining 2020 yil 26 dekabrdagi 7-5717-son ma’lumotnomasi).  Natijada, ARIMA (0,2,2) modeli yordamida iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha optimal prognoz ko‘rsatkichlari aniqlanib, 2020-2025 yillar mobaynida YaHMni 6.9-9.0 foizgacha o‘sish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish