Xamraev Quvvat Iskandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi investisiya fondlarining sof aktivlaridan samarali foydalanishni ekonometrik modellashtirish”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2PhD/iqt938.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muhitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matkarimov Davronbek Matyaqubovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi takomillashtirilgan ekonometrik modellashtirish usullarini qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi investisiya fondlarining sof aktivlaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiya fondining sof aktivlari samadorligini baholashda kreditorlik, debitorlik, xarajatlar va daromadlar kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda Augmented Dickey-Fuller (ADF) usuli takomillashtirilgan;
investisiya fondining sof aktivlari barqarorligini ta’minlashda avtoregressiv taqsimlangan lag (ARDL estimation) modeli orqali fondning kreditorlik qarzdorligi va daromadi o‘rtasidagi muvozanati asoslangan;
O‘zbekistonda investisiya fondlari sof aktivlarining dinamik o‘zgarishini aniqlashda fondning moliyaviy indikatorlarini inobatga olgan holda ko‘p omilli ekonometrik modeli tuzilgan;
investisiya fondlarining sof aktivlari samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar hisoblangan debitorlik qarzdorligi va xarajatlarini inobatga olgan holda fondning sof aktivlari dinamik o‘zgarishlarining ko‘p variantli prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Investisiya fondlari sof aktivlaridan samarali foydalanishni ekonometrik modellashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
investisiya fondining sof aktivlari samadorligini baholashda kreditorlik, debitorlik, xarajatlar va daromadlar kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda Augmented Dickey-Fuller (ADF) takomillashtirilgan usuli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Moliya vazirligining 2020 yil 2 dekabrdagi 04-02-01-32/97-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida investisiya fondlarining debitorlik qarzdorligi, kreditorlik qarzdorligi, umumiy daromadlari, xarajatlari va sof aktivlarining qisqa va uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilgan;
investisiya fondining sof aktivlari barqarorligini ta’minlashda avtoregressiv taqsimlangan lag (ARDL estimation) modeli orqali fondning kreditorlik qarzdorligi va daromadi o‘rtasidagi muvozanati bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Moliya vazirligining 2020 yil 2 dekabrdagi 04-02-01-32/97-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida investisiya fondining umumiy daromadlari, xarajatlari va kreditorlik qarzdorligining sof aktivlarga ta’siri prognoz qilingan;
O‘zbekistonda investisiya fondlari sof aktivlarining dinamik o‘zgarishini aniqlashda fondning moliyaviy indikatorlarini inobatga olgan holda ko‘p omilli ekonometrik modeli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Moliya vazirligining 2020 yil 2 dekabrdagi 04-02-01-32/97-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida respublika investisiya fondlari sof aktivlarining o‘sish sur’ati prognoz qilingan;
investisiya fondlarining sof aktivlari samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar hisoblangan debitorlik qarzdorligi va xarajatlarini inobatga olgan holda fondning sof aktivlari dinamik o‘zgarishlarining ko‘p variantli prognozlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Kapital bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Moliya vazirligining 2020 yil 2 dekabrdagi 04-02-01-32/97-son ma’lumotnomasi). Investisiya fondlari sof aktivlari samaradorligini poliminal, chiziqli va eksponensial ssenariylarga ajratilgan holda prognoz qilish natijasida samaradorlikka ta’sir etuvchi omillar dinamikasining prognostik darajasi oshirilgan.