Bekmirzaev Nodir Burxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda fukarolar siyosiy huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari”, 12.00.02. – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.3.PhD/Yu398.
Ilmiy rahbar: Raximov Faxri Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019. Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zmetov Xayrulla Ibadullaevich, yuridik fanlar doktori;
Turg‘unov Ilxom Turg‘unovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning siyosiy huquqlari kafolatlari va amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan axborot to‘plash va ekspert baholash topshirilgan shaxslar bunday harakat uchun ta’qib qilinishi yohud huquqlari boshqacha tarzda cheklanishining oldini olish maqsadida vakil tomonidan shikoyatlar ko‘rib chiqilayotganda shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga hamda yuridik shaxslarning mulk shakli, tashkiliy-huquqiy shakllariga holatlarga qarab kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozimligi asoslangan;
fuqarolarning murojaat qilish sohasida siyosiy huquqlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi kelib tushayotgan murojaatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida qabul qilish, to‘plash, tizimlashtirish va ularning sifatli ko‘rib chiqilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish zarurligi asoslab berilgan;
o‘zini qiziqtiradigan masala yuzasidan tezkor tartibda axborot olish istagida bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida axborot ayirboshlash yo‘li bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning vakolatlari va majburiyatlarini aniq belgilash, ularni murojaatlarga doir masalalar bo‘yicha real vaqt rejimida maslahatlar berish hamda davlat organlarining, tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining virtual qabulxonalarini tashkil etish zarurati asoslantirilgan;
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili arz qiluvchiga o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shikoyatlarni ko‘rib chiqish shartlari, talablari va shikoyatlarni ko‘rib chiqish vaqtidagi huquqlarini to‘laqonli ta’minlashi zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda fuqarolar siyosiy huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan axborot to‘plash va ekspert baholash topshirilgan shaxslar bunday harakat uchun ta’qib qilinishi yohud huquqlari boshqacha tarzda cheklanishining oldini olish maqsadida vakil tomonidan shikoyatlar ko‘rib chiqilayotganda shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga hamda yuridik shaxslarning mulk shakli, tashkiliy-huquqiy shakllariga holatlarga qarab kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozimligiga oid takliflar “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2019 yil 19 fevraldagi 05/01-02-200-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan axborot to‘plash va uni tahlil etish yoki ekspert bahosi berish topshirilgan shaxslar bunday harakat uchun ta’qib qilinishi yohud huquqlari boshqacha tarzda cheklanishining oldini olishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi kelib tushayotgan murojaatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida qabul qilish, to‘plash, tizimlashtirish va ularning sifatli ko‘rib chiqilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish zarurligiga oid taklif «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 10-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2019 yil 19 fevraldagi 05/01-02-200-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi fuqarolarning murojaatlarini to‘liq, o‘z vaqtida hamda sifatli ko‘rib chiqilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning huquq va majburiyatlarini aniq belgilash, ularni murojaatlarga doir masalalar bo‘yicha real vaqt rejimida maslahatlar berish hamda davlat organlarining, tashkilotlarining va ular mansabdor shaxslarining virtual qabulxonalarini tashkil etish zarurligiga oid takliflar «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 11-14-moddalarining ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2019 yil 19 fevraldagi 05/01-02-200-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning majburiyatlarini, real vaqt rejimida davlat organlarining, tashkilotlarning fuqarolarning qabullarini tashkil etish normalarini aniq belgilashga xizmat qilgan;
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili arz qiluvchiga o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shikoyatlarni ko‘rib chiqish shartlari, talablari va shikoyatlarni ko‘rib chiqish vaqtidagi huquqlarini to‘laqonli ta’minlashga oid takliflar “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 10,11,12,14-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2019 yil 19 fevraldagi 05/01-02-200-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqishning samarali mexanizmini amalga oshirishga xizmat qilgan.