Mirzaeva Dilnoza Farxadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV infeksiyasi bilan kasallangan bolalarda asab tizimi zararlanishining klinikasi va differensial diagnostikasining o‘ziga xos xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2. PhD/Tib922.
Ilmiy rahbar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Sadikova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ashurov Zarifjon Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: OIV-infeksiyasi bilan zararlangan bolalarda kasallik bosqichi va yuqish yo‘llariga bog‘liq asab tizimi zararlanishi klinik-nevrologik xususiyatlarini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OIV infeksiyasi bilan kasallangan bolalarda klinik-nevrologik belgilarining ko‘rinishi va kechishi OIV-infeksiyasining bosqichiga, kasallikning yuqish yo‘liga va opportunistik infeksiyalar turiga bog‘liqligi asoslangan;
OIV infeksiyaning IV klinik bosqichida parenteral yo‘l bilan kasallangan bolalarda o‘tkir OIV-ensefalitlar, SMV va gerpetik ensefalitlar, perinatal yo‘l bilan kasallangan bolalarda esa periferik nerv tizimi zararlanish sindromlari - BMN neyropatiyalari va distal simmetrik polineyropatiyalar ustun kelganligi aniqlangan;
OIV infeksiyasini parenteral yo‘li bilan kasallangan bolalarda nevrologik etishmovchilik belgilari va kasallik kechuvi perinatal yo‘l bilan kasallangan bolalarga nisbatan og‘ir kechishi isbotlangan;
ilk bor OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda infeksiyaning yuqish yulini e’tiborga olgan holda asab tizimi zararlanishining qiyosiy tashhislash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
OIV bilan zararlangan bolalarda asab tizimi zararlanishi klinikasi, tashxisoti xususiyatlari va qiyosiy tashxisoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«OIV bilan zararlangan bolalarda asab tizimi zararlanishi erta tashxisoti» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktbyardagi 8n-d/150-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma OIV infeksiyasi bilan kasallangan bolalarda markaziy va periferik asab tizimi zararlanishini adekvat va o‘z vaqtida tashxislash hamda kompleks tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyani amalga oshirishga imkon bergan;
OIV infeksiyasi bilan kasallangan bolalarda asab tizimi zararlanishini erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi xuzuridagi ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar klinikasi hamda Samarqand viloyati OITSga qarshi kurashish markazi xuzuridagi ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonalarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 noyabrdagi 8n-z/151-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali OIV-infeksiyasi bilan kasallangan bolalarda nerv tizimi zararlanishini noxush oqibatlarini tezlik bilan oldindan baholash hamda nevrologik asoratlar sonini kamaytirish va bolalarda kasallik oqibatida nogironlik darajasini kamaytirish imkonini bergan.