Xodjaeva Shodiyabonu Abitdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalarda marketingni tashkil etish samaradorligini oshirish (agrosektor korxonalari misolida)», 08.00.11 – Marketing va 08.00.04  –  Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt549.
Ilmiy rahbar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Sultanov Baxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agrosektor korxonalarida marketing faoliyatini  tashkil etish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalarda marketing faoliyati samaradorligini iste’molchilar talabidagi joriy o‘zgarishlarni davriy baholash orqali ishlab chiqarish tarkibi va hajmini muvofiqlashtirish hisobiga oshirish asoslangan;
korxona marketing rejasini ishlab chiqishda “yuqoridan quyiga” (top-down planning) va “quyidan yuqoriga” (bottom-up planning) rejalashtirish usullarining korporativ shakldagi xo‘jalik tuzilmalari uchun samarali hisoblangan “o‘zgaruvchan vektorli rejalashtirish” (variable vector planning) shaklidan foydalanish taklifi asoslangan;
agrosanoat majmui tarkibida Marketing maslahat xizmatlari agentligini tashkil etish orqali korxonalar marketing faoliyati samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
pandemiya sharoitida O‘zbekiston agrosektorida oziq-ovqat mahsulotlari jami tovar aylanmasining istiqbolda kutilishi mumkin bo‘lgan holatlari bo‘yicha ssenariylari asosida mahsulot hajmining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Agrosektor korxonalarida marketing faoliyatini  tashkil etish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida: 
korxonalarda marketing faoliyati samaradorligini iste’molchilar talabidagi joriy o‘zgarishlarni davriy baholash orqali ishlab chiqarish tarkibi va hajmini muvofiqlashtirish hisobiga oshirish taklifi chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining marketing rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 10 apreldagi 5-2/20-20-04656-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijada 2019 yilda agrosektorda mahsulot eksport hajmi 10 foizga oshgan; 
uzoq muddatli istiqbolda agrosektor korxonalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashga yo‘naltirilgan boshqaruv strategiyalari va rejalarini ishlab chiqish usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklifi chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining marketing rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 10 apreldagi 5-2/20-20-04656-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarish hajmi 10 foizga, yillik daromadi esa 60 mln. so‘mga oshirilishiga erishilgan; 
agrosektor korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirish borasidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan vazifalarni echishga xizmat qiluvchi marketing maslahat xizmatlari agentligini tashkil qilish borasidagi taklifi chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” AJ tomonidan joriy etilgan (chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” AJ ning 2020 yil 10 maydagi 5-2/20-20-3234-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatida mahsulot sotish hajmi 20 foizga oshirilishiga erishilgan; 
agrosektorda oziq-ovqat mahsulotlari jami tovar aylanmasining pandemiya sharoitida kutilishi mumkin bo‘lgan holatlari bo‘yicha ssenariylari va mahsulot hajmining 2025 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” AJ tomonidan joriy etilgan (chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” AJ ning 2020 yil 10 maydagi 5-2/20-20-3234-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jamiyat tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish faoliyatini yaxlit va uzviy texnologik jarayon sifatida tashkil etish darajasi ortgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish