Normuxamedov Sardor Rifatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sindikatlashgan kreditlar orqali investision loyihalarni moliyalashtirishni rivojlantirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt236.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudoykulov Sadriddin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sindikatlashgan kreditlar orqali investision loyihalarni moliyalashtirishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sindikatlashgan kreditlash riskining namoyon bo‘lish xususiyatlarini aniqlash asosida kreditlarning banklararo sindikatlash modellari va ularni amalga oshirish shartlari takomillashtirilgan;
banklar tomonidan sindikatlashgan kreditni jalb qilish va tashkil etish amaliyotidagi asosiy jarayonlarning ichki bog‘liqligi orqali loyihalarni sindikatlashgan kreditlash bo‘yicha uslubiy asoslar takomillashtirilgan;
xorijiy banklarning sindikatlashgan kreditlarini ustuvor ravishda respublika tijorat banklari orqali davlat ulushi bo‘lgan yuqori rentabelli korxonalarni aksiyadorlashtirish hamda modernizatsiyalash loyihalariga jalb etish asoslangan;
yirik investision loyihalarning moliyaviy resurslarga bo‘lgan talabi va muddatlaridan kelib chiqib, kreditlarni transhlar ko‘rinishida ajratish amaliyoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sindikatlashgan kreditlar orqali investision loyihalar moliyalashtirishini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sindikatlashgan kreditlash riskining namoyon bo‘lish xususiyatlarini aniqlash asosida kreditlarning banklararo sindikatlash modellari va ularni amalga oshirish shartlari, jumladan, sindikatlashgan kreditlar bilan bog‘liq risklarni boshqarishda moliyaviy kovenantlarni qo‘llash amaliyotini joriy etish taklifi “Ipoteka-bank” ATIB hamda “O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki” ATB amaliyotlariga joriy etilgan (“Ipoteka-bank” ATIBning 2020 yil 12 oktyabrdagi 08/6904-son hamda “O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki” ATBning 2020 yil 15 oktyabrdagi 01-07/4237-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida sindikatlashgan kredit orqali loyihalarni moliyalashtirishga katta summada qarz jalb qilgan korxona sof aktivlarining muayyan darajadan pasayib ketmasligining oldini  olish, foizlarni qoplash koeffisienti, qarz summasining EBITDA (foiz, soliqlar va amortizatsiya ajratmalariga qadar foyda) ko‘rsatkichiga nisbati, shuningdek, qarz oluvchi kompaniyaning kapital xarajatlari hajmiga nisbatan cheklovlarni belgilab qo‘yish orqali risklarni tartibga solish imkoniyati yuzaga kelgan;
banklar tomonidan sindikatlashgan kreditni jalb qilish va tashkil etish amaliyotidagi asosiy jarayonlarning ichki bog‘liqligi orqali loyihalarni sindikatlashgan kreditlash bo‘yicha uslubiy asoslar, jumladan, sindikatlashgan kreditlash amaliyotini rivojlantirish orqali tijorat banklarining kredit portfeli diversifikatsiyasini sanoat tarmog‘iga ajratilgan kreditlar ulushini kamaytirish hisobiga oshirish, tijorat banklari jalb qilingan mablag‘lari tarkibida uzoq muddatli va barqaror depozitlar ulushini oshirish takliflari “O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki” ATB amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki” ATBning 2020 yil 15 oktyabrdagi 01-07/4237-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank kredit portfeli diversifikatsiyasini yanada oshirish imkoniyati yuzaga kelgan, “O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki” ATBning muddatli depozitlari hajmi 3,2 barobarga ortib, 4308,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan, muddatli depozitlarning umumiy bank depozit bazasidagi ulushi  47,9 foizga etgan;
xorijiy banklarning sindikatlashgan kreditlarini ustuvor ravishda respublika tijorat banklari orqali davlat ulushi bo‘lgan yuqori rentabelli korxonalarni aksiyadorlashtirish hamda modernizatsiyalash loyihalariga jalb etish taklifi “O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki” ATB amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki” ATBning 2020 yil 15 oktyabrdagi 01-07/4237-son ma’lumotnomasi). Natijada, yirik korxonalar misolida mamlakat real sektori salohiyatini tashqi kreditorlarga tanishtirish, mahalliy banklar resurslar etishmasligi muammosini hal etish imkoniyati yuzaga kelib, tijorat banklari uchun xalqaro sindikatlashgan kreditlarni jalb etishni engillashtirgan;
yirik investision loyihalarning moliyaviy resurslarga bo‘lgan talabi va muddatlaridan kelib chiqib kreditlarni transhlar ko‘rinishida ajratish amaliyotini qo‘llash taklifi “Ipoteka-bank” ATIB hamda “O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki” ATB amaliyotlariga joriy etilgan (“Ipoteka-bank” ATIBning 2020 yil 12 oktyabrdagi 08/6904-son hamda “O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki” ATBning 2020 yil 15 oktyabrdagi 01-07/4237-son ma’lumotnomalari). Natijada, sindikatlashgan kreditning maqsadli foydalanilishi ustidan etarlicha monitoring qilish imkoniyati paydo bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish