Shamuratova Maxinbanu Rametullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlari va xlorid kislotasi asosida o‘g‘itli presipitat olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1759.
Ilmiy rahbar: Namazov Shafaat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.20.03. 
Rasmiy opponentlar: Nurmurodov Tulqin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Kaipbergenov Atabek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli xil Markaziy Qizilqum fosforitlarini xlorid kislotasi bilan qayta ishlab yuqori sifatli samarali birlamchi fosforli o‘g‘it-o‘g‘itli presipitatlar olishning ratsional texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor turli xil fosforit xom ashyolarini xlorid kislotasi bilan har xil me’yorlarda parchalanish jarayonlari aniqlangan;
xlorid kislotasining me’yori, konsentratsiyasi va cho‘ktiruvchi moddalar miqdorlarining o‘g‘itli presipitat sifatiga ta’siri aniqlangan;
yuvuvchi suv miqdori va uning haroratining turli usulda olingan o‘g‘itli presipitatning sifat ko‘rsatgichlariga ta’siri va barcha fosforit xomashyolari uchun umumiy qonuniyatlar aniqlangan;
xloridfosfatkislotali aralashmalarni turli xil neytrallovchi moddalar bilan neytrallash jarayonlari asoslangan;
erimaydigan qoldiq ajratib olinmagan va ajratib olingan hollarda xloridfosfatkislotali bo‘tqa va presipitat suspenziyalarining reologik xossalari hamda xloridfosfatkislotali bo‘tqalardan erimaydigan qoldiqni ajratib olish jarayonlari aniqlangan;
turli usullar bilan olingan o‘g‘itli presipitatlarning ba’zi fizik-kimyoviy va tovar xossalari asoslangan;
turli fosfat xom ashyolaridan erimaydigan qoldiq ajratib olinmagan va ajratib olingan usullar orqali o‘g‘itli presipitat olishning material oqimi hisoblangan va texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy MQ fosforitlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va erimaydigan qoldiqni ajratib olingan holda konsentrlangan birlamchi o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fosforitlar va xlorid kislota asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri birlamchi fosforli o‘g‘it-o‘g‘itli presipitat olish texnologiyasi «O‘zkimyosanoat» AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2020 yil 17 noyabrdagi 14-4484-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli xil Qizilqum fosforitlaridan qishloq xo‘jaligi talablariga mos keladigan sifatli birlamchi fosforli o‘g‘it-o‘g‘itli presipitat olish imkonini bergan;
turli MQ fosforitlarni xlorid kislotasi bilan parchalash mahsulotlaridan erimaydigan qoldiq ajratib olingan holda oddiy konsentratlangan fosforli o‘g‘it-o‘g‘itli presipitatlar olish texnologiyasi «O‘zkimyosanoat» AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2020 yil 17 noyabrdagi 14-4484-son ma’lumotnomasi). Natijada, agrokimyoviy samaradorligi bo‘yicha an’anaviy fosforli o‘g‘itlardan yaxshi bo‘lgan fosforli o‘g‘itlar assortimentini kengaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish