Mahmudov Muhammadismoil Muxitdinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Andijon viloyatida turizmni rivojlantirishning iqtisodiy geografik xususiyatlari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Gr142.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Abdurashid Vaxidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibraimova Aziza Alimbaevna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatida turistik ob’ektlardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash va baholash asosida viloyat turizmini rivojlantirish hamda hududiy tashkil etish bo‘yicha amaliy taklif  va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Andijon viloyati hududi turizmga ta’sir etuvchi tabiiy (rel`efi, tabiat yodgorliklari, noyob landshaftlar) va iqtisodiy-ijtimoiy geografik (geografik o‘rni, ixtisoslashuv, transport to‘ri va boshqalar) omillarni aniqlash asosida turistik rayonlarga ajratilgan; 
O‘zbekistondagi turistik ob’ektlar va resurslar aks ettirilgan turkum kartalar (“O‘zbekistonda ichki turizm geografiyasi kartasi”, “O‘zbekistonda safar maqsadlari bo‘yicha ichki turizm kartasi”, “Andijon viloyati turistik rayonlashtirish kartasi” va “Andijon viloyati turistik kartasi”) GAT texnologiyasining  ArcGIS dasturida yaratilgan;
viloyat miqyosida kompleks (eko, agro, biznes, ziyorat, tarixiy, arxeologik, ekstremal, rekreatsiya, gastronomik, sanoat) turdagi yangi turistik marshrutlar va ularning turoperatorlar uchun namunaviy dasturlari ishlab chiqilgan;
viloyat tekislik, tog‘ va tog‘ oldi hududlarining bioiqlimiy komfort darajasi (nisbiy komfort, komfort, issiq, o‘ta issiq) turizm nuqtai nazaridan baholangan hamda turizm turlarini diversifikatsiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Andijon viloyatida turizmni rivojlantirishning iqtisodiy geografik hususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Andijon viloyati tumanlari turistik resurslarining o‘xshash jihatlari e’tiborga olinib ajratilgan turistik rayonlar va ulardagi ob’ektlar xaqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 oktyabrdagi 02-16/5043-son ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon viloyatidagi turistik rayonlarning ixtisoslashuvini aniqlash va shu asosda hududlar salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi va Andijon viloyatining ichki turizm tasvirlangan “O‘zbekistonda ichki turizm geografiyasi kartasi”, “O‘zbekistonda safar maqsadlari bo‘yicha ichki turizm kartasi”, “Andijon viloyati turistik rayonlashtirish kartasi” va “Andijon viloyati turistik kartasi” O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 oktyabrdagi 02-16/5043-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamiz hududlarida ichki turizmni turli yo‘nalishlarda va mavsumiy tashkil etishga xizmat qilgan; 
Andijon viloyati va Farg‘ona vodiysi  bo‘ylab sayohatlarni kompleks ravishda olib borish bo‘yicha ishlab chiqilgan marshrutlar hamda namunaviy dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 oktyabrdagi 02-16/5043-son ma’lumotnomasi). Natijada, amalga oshiriladigan sayohatlarda turizmning eko, agro, biznes, malakaviy ish, ziyorat, tarixiy, arxeologik, ekstremal, rekreatsiya, gastronomik kabi turlaridan unumli foydalanish imkonini bergan;
Andijon viloyati turistik sharoitlarining bioiqlimiy komfortlik jihatidan baholash asosida turizm turlarini diversifikatsiya qilish hamda turoperatorlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Andijon viloyati turizmni rivojlantirish boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 oktyabrdagi 02-16/5043-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda Xonobod, Imomota, Mingtepa, Shahrixon, Ulug‘nor kabi tekislik (cho‘l), tog‘ va tog‘ oldi hududlarda mehmon uylari, kafe va restoranlar, mehmonxonalar, oilaviy dam olish maskanlarini qurish, yangi yo‘nalishdagi marshrutlar bo‘yicha sayohatlarni olib borish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish