Xotamov Mansurjon Maxmudovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Noqulay ekologik sharoitda g‘o‘za ekinlarining fiziologik xolatini optimallashtirish», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/B200.
Ilmiy rahbar: Axmedjanov Iskandar Gulyamoyaich, biologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
«G‘o‘za urug‘lariga ekishdan oldin ishlov berish usuli»ga berilgan ixtiro patentiga (№IAP 05970) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 
15 iyuldagi 01-11/1097-son xulosasi berilgan.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
g‘o‘za chigitlariga biologik faol qizil nur va past chastotali elektromagnit maydonlari bilan birgalikda ishlov berishda atrof-muhitning noqulay sharoitida g‘o‘zaning morfogenezi, integral barqarorligi, moslashuvchan xususiyatiga va hosildorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor xlorofill fluoressensiya induksiyasi usuli bilan g‘o‘za urug‘lariga svetodiodli QN va past chastotali impul`sli EMM bilan ishlov berilganda urug‘larni suv tanqisligi sharoitida fotosintetik apparati faolliliga himoya ta’sirining sinergizmi borligi aniqlangan;
QN va past chastotali impul`sli EMM tasirida g‘o‘zaning vertisiliyoz vilt patogeniga qarshi himoya  yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining samaradorligiga sinergizmi aniqlangan;
o‘simlik urug‘lariga qizil diapazonli optik nurlanish va elektromagnit maydonda ishlov berish natijasida g‘o‘zaning qurg‘oqchilik qo‘zg‘atuvchi stresslariga morfogenetik va fiziologik reaksiyalarni samaradorligi oshishi isbotlangan; 
o‘simliklarning hosildorligini oshirish maqsadida g‘o‘za urug‘lariga ekologik toza yuqori samarali kombinatsion ishlov berish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tashqi muhitning noqulay sharoitida g‘o‘zaning fiziologik holatini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«G‘o‘za urug‘lariga ekishdan oldin ishlov berish» usuli Toshkent viloyati Piskent tumani «Shuxrat» fermer xo‘jaligida 20 gektar maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2020 yil 23 iyuldagi 05/020-2241-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori va sifatli 4,7 s/ga qo‘shimcha hosil etishtirish imkonini bergan;
ekishdan oldin urug‘larga qizil nurlar bilan ishlov berish usuli Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi «Bek» fermer xo‘jaligida 1 gektar maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston fermerlar va dehqon xo‘jaliklari tomorqa er egalari kengashining 2020 yil 9 iyuldagi 01/03-1541-son ma’lumotnomasi). Natijada, rentabellik darajasi pomidorda 5,9%, bodringda 5,5% qo‘shimcha hosil etishtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish