Toshpo‘latova Azizaxon Dilshodovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «So(II) va Zn(II) ning yangi biokomplekslarini yaratish, standartlash va ularning xossalarini o‘rganish», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Far.10.
Ilmiy maslahatchi: Yunusxodjaev Axmatxodja Nigmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Komilov Xojiasror Masudovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Boboev Isomiddin Davronovich, kimyo fanlari doktori; Abdulladjanova Nodipa G‘ulomjanovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zn(II), glisirrizin kislota va gistidin asosida yangi biokompleksni sintez qilish, uni hamda So (II) saqlagan substansiyalar va dori turlarining zamonaviy usullarda standartlash va validatsiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Gligissin deb nomlangan gepatoprotektor faollikka ega bo‘lgan rux, glisirrizin kislotasi va gistidin saqlagan yangi aralash ligandli koordinatsion birikmasining olinish usuli ishlab chiqilgan xamda IQ-spektroskopiya va derivatografik tahlillar natijalari asosida tarkibi, xossalari va tuzilishi aniqlangan;
substansiyalar va ularning dori shakllarini standartlashtirish asoslangan, sifatni nazorat qilishning muqobil uslublari ishlab chiqilgan va miqdoriy baholash usullari aniqlangan xamda barqarorligi belgilangan;
ilk bor Gligissin, Koamid va Kobal`t-30 substansiyalarda qoldiq organik erituvchi miqdori GX usulida, chinligi va yot moddalari YuQX va YuSSX usullarida, og‘ir metallar atom-absorbsion spektroskopiyasi usulida, mikroelementlarni miqdori IBP-MS usulida aniqlangan;
moddalar va ularning dori shakllarini sifat va miqdoriy baholashning muqobil usullari ishlab chiqilgan;
ilk bor substansiyalar va ularning dori shakllari uchun zamonaviy tahlil usullari nazariy va eksperimental asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
So(II) va Zn(II) ning yangi biokomplekslarini yaratish, standartlash va ularning xossalarini aniklash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
koamid substansiyasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (KFM 42 Uz-22175941-3036-2017). Natijada, anemiyaga qarshi vositalarni yaratish imkonini bergan;
«Koamid-RG» 1% in’eksion eritmasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (KFM 42 Uz-22175941-3035-2017). Natijada, gemopoezni oshirish vositalar assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
biokomplekslar yaratish va standartlash, ularni xossalarini aniqlashga oid natijalar asosida «5510500-farmatsiya» va «5510600-sanoat farmatsiyasi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Farmatsevtik kimyo» darsligi chop etilgan (Guvohnoma, №654-404; №654-405). Natijada, bakalavriat talabalarining dori vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlash sohasidagi bilimlarini boyitish va mustaxkamlash imkonini bergan.