Axmadaliev Maxamadjon Axmadalievning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ayrim sanoat chiqindilarini kimyoviy tarkibini o‘rganish asosida ekologik zararsiz mahsulotlar olish», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/T390.
Ilmiy maslahatchi: Asqarov Ibroxim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abdulhamid G‘afurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Karimqulov Qurbonqul Mavlonqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Isaqov Hayotillo, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayrim sanoat chiqindilarini kimyoviy tarkibini aniqlash asosida ekologik zararsiz mahsulotlar olish, mahalliy resurslardan oqilona foydalanib, chiqindisiz texnologik jarayonlarni yaratib, sanoatda qo‘llash va mavjudlarini samaradorigini oshirib tabiiy resurslarni saqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sortsiz furfuroldan Furfurol-atseton monomerlari FA, FAM va DIFA-M olish texnologiyasini innovatsion usuli ishlab chiqilgan;
furfurolning kub qoldig‘i, furil spirtining kub qoldig‘i asosida innavatsion usul bilan FASK smolasi olish texnologiyasi yaratilgan;  
ilk bor Kroton al`degidining kub qoldig‘i KrAKQ -tarkibi tahlil qilinib, KrAKQni furfurol bilan kondensatsiyalab burg‘ulash quduqlariga tomponaj birikmasi sifatida ishlatish imkoniyati aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston neftidan olingan gudron asosida bitum ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan;
katalitik benzinni 95–115oS fraksiyasidan toluol konsentratini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
katalitik benzinni 100÷125oS fraksiyasi toluol konsentrati  va etil spriti chiqindisi (S2 –C5) asosida yog‘ni parafinsizlantirish erituvchisini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
ilk bor FNQIZning chiqindisi: oltingurgut, ohak suti, spirt zavodining kub qoldig‘i va kroton al`degidining kub qoldig‘i asosida o‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashuvchi pereparat “Kal`siy polisul`fid” olish texnologiyasi  ishlab chiqilgan; 
ilk bor konserogen azbest o‘rniga mineral-bazal`t tolasi asosida ekalogik zararsiz shifer va boshqa tovar mahsulotlari olish  texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ayrim sanoat chiqindilarini kimyoviy tarkibini aniqlash asosida ekologik zararsiz mahsulotlar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston neftidan olingan suyuq (VU80 =6-15c.) gudron asosida bitum olish texnologiyasi  Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarishga joriy etilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2019 yil 24 sentyabrdagi 26/2-353-son ma’lumotnomasi). Natijada, suyuq gudrondan bitum olish qattiq gudrondan olishga nisbatan sezilarli darajada yuqori samaradorlikka erishish imkonini bergan;
furfurol`-atseton va polimerbeton aralashma asosida Farg‘ona furan birikmalari kimyosi zavodida ishlab chiqarilgan KOFPA bog‘lovchi birikmasi Farg‘ona viloyati Suv xo‘jaligining So‘x suv uzeliga qarashli inshoatlarda gidroizolyasiya ishlari olib borishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 deabrdagi 05/032-4659-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv inshoatlaridagi nozik qurilmalarni gidroizolyasiya qilish tufayli ularni qayta ta’mirlashga sarflanadigan yillik moddiy harajatlarni tejab qolish imkonini bergan;
Farg‘ona furan birikmalari kimyosi zavodida furfurol`-atseton bog‘lovchisi asosida ishlab chiqarilgan KOFPA bog‘lovchisi Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli “Sirdaryo”, “Sho‘roqqo‘l” nasos stansiyalarida gidroizolyasiya ishlari olib borishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 deabrdagi 05/032-4659-son ma’lumotnomasi). Natijada, suvda ishlovchi qurilmalarni izolyasiya qilish uchun ishlatiladigan amaldagi birikmalarga nisbatan KOFPA birikmasi suv inshoatlarining uzluksiz ishlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish