Omonturdiev Sirojiddin Zoirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayrim flavonoidlar va ularning hosilalarini kalamush aorta silliq muskuli qisqarish faolligiga ta’sir mexanizmini qiyosiy tavsiflash», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B403.
Ilmiy rahbar: Usmanov Pulat Bekmuratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Pozilov Ma’murjon Komiljonovich, biologiya fanlari doktori; Kulkaraev Abdusalim Karimovich, tibbiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pulikarin, xrizoeriol, lyuteolin flavonoidlari va ularning hosilalarining relaksant ta’sir mexanizmini qiyosiy tavsiflashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pulikarin, xrizoeriol, lyuteolin flavonoidlari va ularning hosilalarini SMH lari ichki Ca2+ miqdorini [Ca2+]i kamaytirishi asosida yaqqol relaksant ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
flavonoidlarning relaksant ta’siri KSl-induksiyalagan qisqarish sharoitida asosan Sa2+L-kanallari blokadasi hisobiga ta’minlanishi aniqlangan;
flavonoidlarning relaksant ta’siri FE-chaqirgan qisqarish sharoitida Sa2+R-kanallari orqali Sa2+ ionlari kirishini kamayishi va SRdan ularni ajralishini ingibirlanishi hisobiga yuz berishi asoslangan;
pulikarin, xrizoeriol, lyuteolin flavonoidlarining S(3',6), S(7,4') va S (3',4',7) holatlariga asetil guruhini kiritish bilan ularni strukturaviy modifikasiyalash natijasida flavonoidlar hosilalarining relaksant faolligini kuchayishiga olib kelganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pulikarin, lyuteolin va xrizoeriol flavonoidlari va ular hosilalarini kimyoviy strukturasiga bog‘liq relaksant ta’sirini tavsiflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
flavonoidlarning relaksant ta’sirining o‘ziga xosligi Xitoy Fanlar akademiyasining Shinjon fizika va kimyo texnika institutining maqsadli loyihalarida flavonoidlarni farmakologik xossalarini aniqlashda foydalanilgan (Xinjing Technical Institute of Physics and Chemistry of CAS institutining 2019 yil 25 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, qurg‘oqchil mintaqalarda o‘sadigan o‘simliklar ishlab chiqadigan birikmalarning farmakologik ta’sirining o‘ziga xosligi haqidagi ma’lumotlarni kengaytirish imkonini bergan;
pulikarinning L tip Ca2+-kanallari va Na+/Sa2+–almashinuvchi funksiyalarini modifikasiyalash orqali aniqlangan relaksant faolligi  FA-A11-T040 raqamli «Pulicaria gnaphalodes o‘simligi komponentlaridan antioksidant «Pulikaron» dori vositasini yaratish»  fundamental loyihasida potensial antioksidant xossaga ega vositalarni aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yildagi 15 noyabrdagi 4/1255-3036-son ma’lumotnomasi). Natijada, antioksidant va samarali kardioprotektor faollikka ega bo‘lgan «Pulikaron» dori vositasini yaratish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish