Hamdamova Mahzuna Tursunovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07- “Ta’limda menejment” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.Phd/Ped1731.
Ilmiy rahbar: Abdunazarova Nargiza Fatxullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor  va  mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning  malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD. 29.12.2018. Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Ismadiyarov Yashin Utkurovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent;  Mirsolieva Muxabbat To‘htasinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Puchon universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-didaktik mexanizmlari loyihaviy ta’lim, aralash o‘qitish, t`yutorlik xizmati va innovatsion-interaktiv texnologiyalarga asoslangan variativ axborot-metodik ta’minotni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
ta’lim sifatini maqsadli boshqarishda me’yoriy-metodik hujjatlarni ishlab chiqish hamda “Boshqaruv psixologiyasi”, “Maktabgacha ta’limda innovatsion menejment”, “Rahbar rivojlanishi” o‘quv kurslari va “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatning nazariyasi va amaliyoti” tanlov o‘quv fanlari mazmunini integratsiyalash asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni takomillashtirilgan; 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish jarayoni modeli mazmunli, motivatsion-maqsadli, metodologik va texnologik yondashuvlar asosida takomillashtirilgan; 
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishning impakt monitoring tizimi, ta’lim dasturlarini tabaqalashtirish hamda ta’lim mazmunini boyitish maqsadida muqobil malaka oshirish kurslari  tashkil etilgan.
IV. Tadqiqot  natijalarining joriy qilinishi. 
Malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy- tadqiqot ishi natijalari asosida:
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining malaka oshirish jarayonida huquqiy kompetensiyalarini shakllantirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar asosida “Maktabgacha ta’lim tashkilotida mehnat qonunchiligi hujjatlari bilan ishlash” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan va modul sifatida maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining malakasini oshirish o‘quv kurslari namunaviy o‘quv rejasiga kiritilgan hamda amaliyotga joriy qilingan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 1 dekabrdagi 02-02/2-1452-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish jarayoni modeli mazmunli, motivatsion-maqsadli, metodologik va texnologik yondashuvlar asosida takomillashtirilgan; 
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarida boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish ko‘rsatkichlari va tarkibiy tuzilishining shaxsiy hamda kasbiy faoliyati sifatida boshqaruv kompetensiyasining psixologik-pedagogik xususiyatlarini aniqlashtirishga doir takliflar (Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 12 dekabrdagi 216-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan) maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining malaka oshirish kursi o‘quv dasturlari mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 1 dekabrdagi 02-02/2-1452-son ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-didaktik mexanizmlari loyihaviy ta’lim, aralash o‘qitish, t`yutorlik xizmati va innovatsion-interaktiv texnologiyalarga asoslangan variativ axborot-metodik ta’minotni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti hamda pedagogik shart-sharoitlarini tadbiq qilishga doir takliflardan PZ-20170927124 “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 1 dekabrdagi 02-02/2-1452-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishning impakt monitoring tizimi, ta’lim dasturlarini tabaqalashtirish hamda ta’lim mazmunini boyitish maqsadida muqobil malaka oshirish kurslari  tashkil etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish