Abdurahmonova Sitora Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Reproduktiv yoshdagi ayollarda birgalikda kelgan bachadon miomasi va adenomiozni tashxislash va davolashda zamonaviy yondashuvlar», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib538.
Ilmiy rahbar: Babadjanova Guljaxon Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Levakov Sergey Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mo‘minova Nigora Xayritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Semey” tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mioma va adenomiozning birlashgan shakllarini rivojlanishining patogenetik jihatdan tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bachadon miomasi va adenomiozi bilan xastalangan reproduktiv yoshdagi ayollarda bepushtlik rivojlanishining xavf omillari, xavfli gentital kasalliklarni oldini olish, tashxislash va reproduktiv organlarni saqlashga qaratilgan jarroxlik yondoshuvi asoslangan;
miomatoz tugunlar va adenomiozning birgalikda kelgan turini tashxislash, davolash tartibini samaradorligini kuzatishda doppler ul`tratovush usulidan foydalanish natijasida kasallik asoratlarini oldini olishga qaratilgan davolash taktikasi ishlab chiqilgan;
immunitet tizimidagi sitokinlar ko‘rsatkichlarining xususiyatlari, ularning bachadon miomasi va adenomiozning birgalikda kelgan shakllari va bepushtlik rivojlanishidagi o‘rni isbotlangan;
miomatoz tugunlar va adenomiozning birgalikda kelgan shakllarida qondagi tomir endotelial o‘sish omili (VEGF) miqdorini davolashgacha va davolashdan keyingi davrdagi o‘zgarishi asosida kasallikning xavf omillari bartaraf qilish hamda davolashda differensial yondashuv taktikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Reproduktiv yoshdagi ayollarda birgalikda kelgan bachadon miomasi va adenomiozni tashxislash va davolashda zamonaviy yondoshuvlarni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bachadon miomasi va adenomiozning birgalikda kelgan shakllarini tashxislash va davolash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020 yil 2 oktyabrdagi 8n-r/308-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bachadon miomasi va adenomiozning birlashgan shaklini erta tashxislash, kasallikning rivojlanishidagi patogenetik omillarni erta baholash va organlarning fiziologik faoliyatini saqlovchi davolash usullaridan foydalanish imkonini bergan;
reproduktiv yoshdagi ayollarda birgalikda kelgan bachadon miomasi va adenomiozni tashxislash va davolashda zamonaviy yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi ginekologiya bo‘limi, Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi amaliy faoliyatida joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 8n-d/192-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bachadon miomasi va adenomiozning birlashgan shaklini erta tashxislash, kasallikni bashoratlash va organ faoliyatini tiklash va funksional holatini tiklashda zamonaviy davolash usullaridan foydalanish, bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, tashxislash va davolashda zamonaviy yondoshuvlardan foydalanish reproduktiv yoshdagi ayollar orasida radikal operatsiyalar sonining kamaytirish hamda ayollarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.