Nizamxodjaev Shamsiddin Zayniddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz hamda bosh chanog‘i sohasidagi keng maydonli nuqsonlarning del`to-pektoral laxtak plastikasi», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib791.
Ilmiy rahbar: Kayumxodjaev Abdurashid Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Akmal Akramovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: del`to-pektoral aksial laxtakdan foydalanishning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish yo‘li bilan yuz soxasi va bosh chanog‘ining keng nuqsonlari plastikasining natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transplantat ishemiyasini oldini olish uchun masofaviy ishemik prekondisionatsiya o‘tkazish fonida, to‘qimaning infraqizil oksimetriyasini dinamik baholash orqali autosuyak bilan ko‘chirib o‘tkazilgan aksial teri-fassial laxtak perfuziyasining spektroskopik xususiyatlari aniqlangan;
suyak fragmenti prefabrikatsiyasi bilan teri-fassial laxtaklarini shakllantirishda masofaviy ishemik prekondisionisiya o‘tkazish, transplantatning yumshoq to‘qimalarida neovaskulogenez jarayonlarini kuchayishiga olib kelishi, lekin suyak usti pardasining revaskulyarizatsiyasini ta’minlay olmasligi isbotlangan;
qon tomir oyoqchasi asosida prefabrikatsiyalashgan transplantatning murakkab tarkibli kompleksining barcha tuzilmalarida morfologik o‘zgarishlarni aniqlash bilan teri-fassial laxtakning revaskulyarizatsiyasi jarayonlarining dinamikasi aniqlangan;
del`to-pektoral laxtakdan foydalanish yo‘li bilan yuz soxasi va bosh chanog‘ining keng maydonli nuqsonlari o‘rnini to‘ldirish usuli takomillashtirilgan, laxtakning tayyorlanish jarayoni qon bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida “sinovli toblash” va teri-fassial transplantatni oziqlantiruvchi qon tomir oyoqchasini qisish vositasidagi mashq bosqichlarini o‘z ichiga olgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuz soxasi va bosh chanog‘i keng maydonli nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni davolashda del`to-pektoral aksial laxtakdan foydalanishning taktik-texnik jihatlarini maqbullashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Yuz soxasi va bosh chanog‘i keng maydonli va teshikli nuqsonlarlarini plastik yopishning texnik jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 8n-z/205-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar tashrixning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish va murakkab-tarkibli teri-fassial laxtaklarni shakllantirishga bo‘lgan asosiy talablarga mos kelishini ta’minlash imkonini bergan;
«Autosuyak bilan ko‘chirib o‘tkaziluvchi qon tomirli oyoqcha asosidagi prefabrikatsiyalashgan teri-fassial-suyakli laxtak shakllantirilishining eksperimental modeli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 8n-z/205-son ma’lumotnomasi). Suyakli transplantatining prefabrikatsiyasi bilan aksial laxtakni shakllantirishning ishlab chiqilgan usulidan plastik tashrixlarni modellashtirishning eksperimental tadqiqotlarida keng foydalanish mumkin;
«Bosh chanog‘i yumshoq to‘qimalari nuqsonlarini yopish usuli» takomillashtirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 8n-z/205-son ma’lumotnomasi). Del`to-pektoral laxtakni shakllashtirish usuli yuz va bosh chanog‘ining keng maydonli nuqsonlari plastikasi uchun autotransplantat prefabrikatsiyasining texnik jihatlarini takomillashtirish imkonini bergan;
Yuz soxasi va bosh chanog‘ining keng maydonli defektlari bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlash faoliyatiga, xususan, akad. V.V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirligan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali va Samarqand davlat tibbiyot institutining 1-klinikasi faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 8n-z/205-son ma’lumotnomasi). Yuz soxasi va bosh chanog‘ining keng maydonli nuqsonlar bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolashning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish orqali tadqiqotlar natijalarini amaliy faoliyatga joriy etish, transplantat trofikasi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashrixdan keyingi asoratlarni 55,6% dan 13,6% ga, qoniqarsiz uzoq muddatdagi funksional-estetik natijalarni 38,9% dan 4,5% ga kamaytirish xamda qoniqarli natijalar ko‘rsatkichini 33,3% dan 68,2% ga oshirish imkonini bergan.