Do‘smatov Ravshan Komiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chastotaviy rostlanuvchi asinxron elektr yuritma asosida yuqori kuchlanishli nasos qurilmasining energiya samaradorligini oshirish», 05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1325.
Ilmiy rahbar: [Xoshimov Orifjon Odilovich], texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori, professor; Aripov Nazirjon Mukarramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chastotaviy rostlanuvchi yuqori kuchlanishli asinxron elektr yuritmali nasos qurilmasining asosiy ish rejimlari ko‘rsatkichlarini tadqiq qilishga mo‘ljallangan energiya isroflarini kamaytiruvchi usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori kuchlanishli chastotaviy rostlanuvchi asinxron elektr yuritmali nasos kurilmasining valga turli mexanik yuklama miqdorlari bilan statik ish rejimi uchun asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
chastotaviy rostlanuvchi asinxron elektr yuritmaning stator chulg‘ami, stator po‘lati va rotor harorati oshishini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
yo‘naltirilgan graflar xamda graf inversiyasi asosida yuqori kuchlanishli chastotaviy rostlanuvchi asinxron elektr yuritmaning issiqlik jarayonlarini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
energiya samarador ish rejimini ta’minlaydigan, chastotaviy rostlanuvchi elektr yuritmali yuqori kuchlanishli nasos qurilmasining funksional sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chastotaviy rostlanuvchi asinxron elektr yuritmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chastotaviy rostlanuvchi asinxron elektr yuritmaning xarorati oshishini xisoblash algoritmi “MAXAM–CHIRCHIQ” AJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zkimiyosanoat”AJning 2019 yil 21 oktyabrdagi 03-6520-son ma’lumotnomasi). Natijada, nasos qurilmasining issiqlik jarayonlarining xisoblash vaqtini 2 baravarga qisqartirish va aniqlik darajasini oshirish imkonini bergan;
yuqori kuchlanishli nasos qurilmasining energiya tejamkor ish rejimlari “MAXAM-CHIRCHIQ” AJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zkimiyosanoat” AJning 2019 yil 21 oktyabrdagi 03-6520-son ma’lumotnomasi). Natijada, “MAXAM-CHIRCHIQ” AJ yiliga 379318 kVt∙soat elektr energiyani tejash imkonini bergan;
yuqori kuchlanishli chastotaviy rostlanuvchi asinxron elektr yuritmasi “MAXAM- CHIRCHIQ” AJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zkimiyosanoat”AJning 2019 yil 21 oktyabrdagi 03-6520-son ma’lumotnomasi.). Natijada, yiliga 125,6 mln. so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.