Kurbonbekova Mohichexra Turobjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida pullar taklifini tartibga solish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt717.
Ilmiy rahbar: Xodiev Bahodir Yunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mustafaqulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pullar taklifini tartibga solish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hukumat qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish va uning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash hamda Markaziy bank REPO hajmini oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
Markaziy bankning majburiy zaxira siyosatini pul taklifini tartibga solishdagi ahamiyatini oshirish maqsadida ilg‘or xorij tajribasiga asoslangan holda majburiy zaxira stavkalarini, bir raqamli son darajasida belgilash va banklarning uzoq muddatli depozitlarini majburiy zaxira ajratmalaridan ozod qilishning zarurligi asoslangan;
bank aktivlari tarkibida yuqori likvidli aktivlar salmog‘ini oshirish orqali joriy likvidlilik koeffisienti darajasini oshirish taklifi asoslangan;
transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini, sof foizli spred ko‘rsatkichining me’yoriy talabdan past bo‘lmagan barqaror darajasini ta’minlagan holda, transaksion depozitlarning barqaror qoldig‘idan resurs sifatida foydalanish va muddatli depozitlarning foiz stavkalarini oshirish asosida pasaytirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida pullar taklifini tartibga solish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Hukumat qimmatli qog‘ozlari bozorini shakllantirish, uning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va Markaziy bankning REPO operatsiyalari hajmini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amaliyotiga joriy etilgan   (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2020 yil 24 avgustdagi 08-12/638-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida 2020 yil yanvardan bank tizimi likvidliligini samarali tartibga solish maqsadida Markaziy bank obligatsiyalari muomalaga chiqarila boshlangan,  Markaziy bankning inflyasion targetlashga o‘tish doirasida pul-kredit siyosati instrumentlari takomillashtirilgan hamda 2020 yil 24 fevraldan davlat qimmatli qog‘ozlari bilan REPO operatsiyalarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan;
Markaziy bankning majburiy zaxira siyosatini pullar taklifini tartibga solishdagi ahamiyatini oshirish maqsadida majburiy zaxira stavkalarini, ilg‘or xorij tajribasiga asoslangan holda, bir raqamli son darajasida belgilash va banklarning uzoq muddatli depozitlarini majburiy zaxira ajratmalaridan ozod qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amaliyotiga joriy etilgan   (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2020 yil 24 avgustdagi 08-12/638-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida 2018 yilning 1 oktyabridan boshlab, majburiy zaxiralar faqat milliy valyutada shakllantiriladigan bo‘ldi; yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlari bo‘yicha majburiy zaxira me’yorlari birxillashtirilgan; milliy valyutadagi depozitlar uchun majburiy zaxira stavkasi bir raqamli son darajasida (4%) qilib belgilangan;
bank aktivlari tarkibida yuqori likvidli aktivlar salmog‘ini oshirish orqali joriy likvidlilik koeffisienti darajasini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik-tijorat “Turonbank” amaliyotiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2020 yil 16 oktyabrdagi 11/04-399-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida ATB Turonbankda joriy likvidlilik koeffisienti 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 0,36 punktga oshgan;
transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini, sof foizli spred ko‘rsatkichining me’yoriy talabdan past bo‘lmagan barqaror darajasini ta’minlagan holda, transaksion depozitlarning barqaror qoldig‘idan resurs sifatida foydalanish va muddatli depozitlarning foiz stavkalarini oshirish asosida pasaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik-tijorat “Turonbank” amaliyotiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2020 yil 16 oktyabrdagi 11/04-399-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida 2019 yilda ATB Turonbank depozitlarining umumiy hajmida transaksion depozitlarning salmog‘i 2018 yilga nisbatan 10,6 foizli punktga pasaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish