Kurbanov Daniyar Rozumbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Iqt169.
Ilmiy maslahatchi: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Mustafakulov Sherzod Igarberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Muminov Sherzod Xolmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv resurslaridan tejamli va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etish taklifi asoslangan;
avtotransport vositalarini yuvishga ixtisoslashgan korxonalar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni belgilash orqali suvdan foydalanish hajmini kamaytirish hamda samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish jarayonida iste`mol qilinadigan suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashda tadbirkorlik sub’ektlarining yillik yalpi tushumi 1 mlrd. so‘mdan oshgan taqdirda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari tarkibiga kiritilishi taklifi asoslangan;
alkogol` mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq joriy qilish taklifi asoslangan;
suv rentasi, suv xo‘jaligida baholarni shakllantirish va suvdan foydalanish bo‘yicha qat’iy to‘lovlar suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish moliyaviy mexanizmining muhim elementlari ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
soliq solishning umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan tartibidan foydalanishdan qat’i nazar alkogolsiz va alkogol ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risidagi”gi PQ-2270-son Qarorining 14-ilovasiga muvofiq alkogolsiz mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi №O‘RQ-589-sonli Qonunining 11-ilovasiga muvofiq alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga 2020 yil 1 yanvardan boshlab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 31 dekabrdagi 04/04-20-02-35/5795-son ma’lumotnomasi). Natijada 2016-2020 yillar davomida byudjetga 45,1 mlrd. so‘m miqdorda soliq undirilgan;
soliq solishning umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan tartibidan foydalanishdan qat’i nazar avtotransport vositalarini yuvishga ixtisoslashgan korxonalarni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqqa tortish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi PQ-3823-son “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ilovasiga muvofiq 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 31 dekabrdagi 04/04-20-02-35/5795-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida avtotransport vositalarini yuvishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan 2018 yilning 4-choragi va 2019 yilda foydalanilgan suv hajmi miqdori keskin kamaygan, suvdan foydalanish samaradorligi ikki barobarga oshishiga erishilgan, byudjetga jami 2,3 mlrd. so‘m mablag‘ tushirilgan;
kalendar` yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 1 mlrd. so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘lashini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi Qarorining 8-bandiga asosan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 31 dekabrdagi 04/04-20-02-35/5795-son ma’lumotnomasi). Natijada 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab, umumbelgilangan soliqlarni hisoblash va to‘lashda yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir xil tartib joriy etilib, ya’ni yillik yalpi tushum 1 mlrd. so‘mdan oshgan taqdirda barcha xo‘jalik sub’ektlari umumbelgilangan soliqlarni, shu jumladan, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari hisoblanib, mamlakatimiz sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish jarayonida iste`mol qilinadigan suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish chora-tadbirlari belgilangan va byudjetga qo‘shimcha 188,7 mlrd. so‘m undirilgan;
suv resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida foydalanilgan yoki iste’mol qilingan suv uchun limitlari va ularni belgilash, shuningdek suvdan foydalanuvchilarning suvni etkazib berish, shuningdek ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun shartnoma asosida haq to‘lashni joriy qilish yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida”gi nizomining 17, 18, 19, 21, 23, 24 va 44-moddalarining ishlab chiqilishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 16 fevraldagi 02/34-584-son ma’lumotnomasi). Taklifga muvofiq suv olish limitlarini belgilash uchun suv resurslari hajmlari, foydalanuvchilar va suv iste’molchilari, suv olish limitlarini o‘rnatish vakolatlari belgilangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan suv etkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash shartlari va holatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi amaliyotga joriy qilingan;
suv iste’molchilarning barchasi uchun suv resurslarining bahosini belgilash, bunda mahalliy sharoitlar, suv iste’molchilarning joylashgan o‘rni va boshqa holatlarni hisobga olish hamda suv resurslarini limit doirasida iste’mol qilinishini tashkil etish, limitdan ortiqcha ishlatilgan suv uchun to‘lovlarni bahosini tabaqallashtirish bu ishlarni amalga oshirishda mavjud suv resurslarini er osti va er usti suv resurslariga ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida”gi nizomining 60-moddasining ishlab chiqilishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 16 fevraldagi 02/34-584-son ma’lumotnomasi). Suv iste’molchilari tomonidan limitdan ortiqcha suv olinganligi uchun – limitdan ortiqcha olingan har ming kubometr suv uchun - belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining 10 foizi miqdorida, suv olishga ruxsat etilmagan joylardan suv olganlik uchun, shuningdek suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan o‘zboshimchalik bilan olingan har ming kubometr suv uchun eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima sanksiyalari qo‘llanilishi belgilangan.