Turdiev Xayitjon Usmonqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parlament va hukumat munosabatlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmini takomillashtirish masalalari», 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Yu285.
Ilmiy rahbar: Tul`teev Ilyas Tavasovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkentdavlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Muxamedjanov Omon Zakirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Zulfiqorov Sherzod Xurramovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi parlament va hukumat munosabatlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmini kompleks tadqiq etish orqali O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi o‘zaro munosabatlari mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mas’ul qo‘mitasi, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilganidan keyingina O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqish va ma’qullash zarurligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotning Qonunchilik palatasiga taqdim etilishini ta’minlashi zarurligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashishi zarurligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlarining ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya etilishi, Oliy Majlis palatalarining, ular kengashlarining qarorlari, qo‘mitalari va komissiyalarining qarorlari bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitishda ishtirok etishi zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Parlament va hukumat munosabatlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmini takomillashtirish masalalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Vazirlar Maxkamasi a’zoligiga nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqishga oid taklifdan 2019 yil 5 martdagi O‘zbekiston Respublikasining «Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-527-son Qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi 524-II-son Qonuni 4-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi OliyMajlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 29 noyabrdagi 05/01-1050-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mas’ul qo‘mitasi, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqish amaliyotiga oid mexanizmlarini qonunchilikda belgilashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotning Qonunchilik palatasiga taqdim etilishini ta’minlashi zarurligi haqidagi taklif 2019 yil 10 maydagi O‘zbekiston Respublikasining «Ba’zi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ–536-son Qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasining «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘RQ-403-son Qonuni 241-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 29 noyabrdagi 05/01-1050-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili parlament nazorati sub’ektlariga Vazirlar Mahkamasining ko‘maklashishini ta’minlashiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlarining ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya etilishi, Oliy Majlis palatalarining, ular kengashlarining qarorlari, qo‘mitalari va komissiyalarining qarorlari bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitishda ishtirok etishi zarurligi haqidagi takliflar 2019 yil 10 maydagi O‘zbekiston Respublikasining «Ba’zi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ–536-son Qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasining «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘RQ-403-son Qonuni 241-moddasida o‘z aksini topgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 29 noyabrdagi 05/01-1050-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakilining parlament nazorati sub’ektlariga Vazirlar Mahkamasining ko‘maklashishini ta’minlashiga xizmat qilgan;
parlament so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakilining ko‘maklashuvi haqidagi taklif 2019 yil 10 maydagi O‘zbekiston Respublikasining «Ba’zi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim konun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-536-son Qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to‘g‘risida»gi 522-II-son Qonunida 32-moddasida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konunchilik palatasining 2019 yil 29 noyabrdagi 05/01-1050-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakilining hukumat a’zolariga yuborilgan parlament so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashishiga oid mexanizmni mustahkamlashga xizmat qilgan.