Normatov Bekzod Akram o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida soliq tekshiruvlarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq; ma’muriy huquq; moliya va bojxona huquqi(yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Yu295.
Ilmiy rahbar: Li Adik,yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019. Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zmetov Xayrullo Ibadullaevich, yuridik fanlar doktori, professor;Xojiev Erkin Tuyg‘unovich,yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida soliq tekshiruvlarini huquqiy tartibga solishyuzasidan ilmiy-nazariy, amaliy va qonunchilik muammolarini tizimli o‘rganish asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kameral soliq tekshiruvining doirasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlari va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish yo‘li bilan chegaralanishi lozimligi asoslab berilgan;
kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi bitta buyruq asosida bitta soliq to‘lovchi tekshiruvdan o‘tkazilishi zarurligi asoslangan;
soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda soliq auditining maqsadini aniqlashtirish, xususan tekshiriladigan soliq davrida barcha soliqlar va yig‘imlar yoki ayrim soliq turini ko‘rsatish lozimligi asoslab berilgan;
soliq auditini o‘tkazish chog‘ida soliq organiga ma’lum bo‘lmagan yangi holatlar doirasiga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash hamda soliq to‘lovchi tomonidan soliq auditi o‘tkazilgan davrlar uchun soliqlar va yig‘imlar summasining kamayishini nazarda tutuvchi aniqlashtirilgan soliq hisobotlar ham kirishi zarurligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida soliq tekshiruvlarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kameral soliq tekshiruvi tushunchasini belgilash, xususan kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud boshqa ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish yo‘li bilan soliq organi tomonidan o‘tkazilishiga qaratilgan taklif «Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida»gi nizomning 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2020 yil 6 noyabrdagi 06-34075-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi kameral soliq tekshiruvining boshqa soliq tekshiruvlaridan farqli jihatlarini ochib berishga hamda asosiy tushunchalar mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
kameral soliq tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqni rasmiylashtirish tartibini belgilash, xususan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi bitta buyruq asosida bitta soliq to‘lovchi tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkinligini belgilashga qaratilgan taklif «Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida»gi nizomning 9-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2020 yil 6 noyabrdagi 06-34075-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi kameral soliq tekshiruvlarini asosli va qonuniy o‘tkazishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda soliq auditining maqsadini aniqlashtirish, xususan tekshiriladigan soliq davrida barcha soliqlar va yig‘imlar yoki ayrim soliq turini ko‘rsatish lozimligi haqidagi taklif «Soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risida»gi nizomning 9-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2020 yil 6 noyabrdagi 06-34075-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi soliq tekshiruvlarining davriyligi va takroriyligi hamda qonuniy o‘tkazilishini huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
soliq auditini o‘tkazish chog‘ida soliq organiga ma’lum bo‘lmagan yangi holatlar doirasiga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash hamda soliq to‘lovchi tomonidan soliq auditi o‘tkazilgan davrlar uchun soliqlar va yig‘imlar summasining kamayishini nazarda tutuvchi aniqlashtirilgan soliq hisobotlari taqdim qilinishi asos bo‘lishi to‘g‘risidagi taklif «Soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risida»gi nizomning 14-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2020 yil 6 noyabrdagi 06-34075-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi soliq organlari tomonidan soliq tekshiruvlarini o‘tkazish tartibiga rioya qilishini huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilgan.