Ro‘ziev Sherzod Ibadullaevichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qandli diabetda dermatoglifikani ekspertli baholash», 14.00.24–Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /guvohnoma LA № 0000399/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tib131.

Ilmiy maslahatchi: Iskandarov Alisher Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 14.07.2016.Tib.17.03.

Rasmiy opponentlar: Tereza Magalxaes, tibbiyot fanlari doktori, professor (Portugaliya); Giyasov Zaynitdin Asamutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Saydiganixodja Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Camarqand davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: murdalarda qandli diabetni o‘limdan keyingi tashxislashda dermatoglifik ko‘rsatkichlarning sud-tibbiy mezonlarini takomillashtirishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qandli diabet bilan xastalangan bemorlar kaft va barmoq dermatoglifik belgilari, tener, gipotener hamda barmoqlararo atd burchak yig‘indisi kasallikni tashxislashning asosiy belgisi ekanligi asoslangan;

qandli diabetni sud-tibbiy tashxislashning maxsus dasturi asosida  dermatoglifik tekshirishlar yordamida murdaning kaft yuzasi va barmoq naqshlarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan, ularda qandli diabetning mavjudligi isbotlangan va uning o‘limdan keyingi sud-tibbiy tashxislash jarayonidagi optimal mexanizmi ishlab chiqilgan;

murdalarda qandli diabetning sud-tibbiy ekspert tashxisoti uchun son venasidan olingan qon namunalari asosiy ishonchli ko‘rsatkich, ya’ni glikirlangan gemoglobin miqdorining me’yordan ortiqchaligi asoslangan, sud-tibbiy ekspertiza amaliyotida qonning biokimyoviy tekshirish zarurligi  isbotlangan;

qandli diabetni sud-tibbiy tekshirishida murda qonidagi glyukoza miqdorining me’yordan yuqori ko‘rsatkichi uning hayot davrida giperglikemiya mavjud bo‘lganligining ishonchli belgisi emasligi isbotlangan;

sud tibbiyoti amaliyotida qandli diabetni aniqlashda etarli ma’lumot beruvchi eng ko‘p axborotli morfologik belgilarning sababi, xarakteri va o‘lchamiga qarab baholash tartibining sud-tibbiy algoritmi ishlab chiqilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Qandli diabetda dermatoglifikani ekspertli baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

qandli diabetda dermatoglifikani ekspert baholash  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Sud-tibbiyoti amaliyotida qandli diabetni dermatoglifik tashxisoti» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 11 noyabrdagi 8 n-r/606-son; 2016 yil 8 avgustdagi 8n-3/68-son ma’lumotnomalari). Mazkur uslubiy qo‘llanma sud-tibbiy ekspertiza sharoitida murdalarda o‘limdan keyingi qandli diabetni kaft-barmoq naqshlari orqali aniqlashning uslubiy asosini takomillashtirishga xizmat qiladi;

murdalarda  qandli diabetda dermatoglifikani ekspert baholash bo‘yicha olingan taklif va tavsiyalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika sud-tibbiy ekspertiza byurosi va uning viloyatlardagi filiallarining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 8 avgustdagi 8n-3/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi qandli diabetda dermatoglifikani ekspertli baholash va uning o‘limdan keyingi tashxisotida foydalanish uchun ishlab chiqilgan mexanizm, taklif etilayotgan kompleks tekshiruvning ekspert xulosalarini ilmiy asoslash hamda sarflanadigan xarajatlarni 7–10% ga kamaytirish imkonini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish