Otamuxamedova Go‘zal Qamariddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli xil katalizatorlar yordamida terminal alkinlar va ketonlar asosida atsetilen spirtlarini sintez qilish», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/K113.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Odiljon Egamberdievich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Maxsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Muxiddinov Bahodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat univeriteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli xil katalitik sistemalar yordamida aromatik atsetilen spirtlari va ularning turli hosilalarini sintez qilish usullarini ishlab chiqish, ularni tuzilishi, fizik-kimyoviy va biologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayrim ketonlar- siklopentanon, siklogeksanon, 2-metilsiklogeksanon, menton, kamfora va adamantanonlarni Cs2CO3, Zn(OTf)2, 3,3′-Ph2BINOL-2Li, BuLi/KOtBu asosidagi kompleks katalitik sistemalar yordamida fenilatsetilen bilan etinillash reaksiyasi orqali aromatik atsetilen spirtlari sintez qilingan;
tanlangan mono-, bi- va trisiklik ketonlar molekulasidagi halqalar hajmi va soni etinillash reaksiyalari borishiga hamda atsetilen spirtlarini hosil bo‘lish samadorligiga ta’siri aniqlangan;
aromatik atsetilen spirtlarini sintez qilish uchun tanlangan Cs2CO3/DMSO∙N2O, Zn(OTf)2/NEt3/MeCN, 3,3′-Ph2BINOL-2Li/TGF, BuLi/KOtBu/TGF kompleks katalitik sistemalarning nisbiy katalitik faollik qatori yaratilgan;
ketonlarni fenilatsetilen orqali etinillash reaksiyalari matematik modellashtirilgan, faollanish energiyalari, kimyoviy o‘zgarishlar kinetikasi va reaksiya mexanizmlari aniqlangan;
ilk bor sintez qilingan aromatik atsetilen spirtlarini fenilatsetilen bilan yuqori asosli katalitik sistemada etinillash reaksiyasi asosida yangi viniloksi efirlar sintez qilingan;
aromatik atsetilen spirtlaridan sanoatda biokorroziya jarayoniga va quyqa hosil qiluvchi tuzlarga qarshi ingibitorlik xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli xil katalizatorlar yordamida terminal alkinlar va ketonlar asosida atsetilen spirtlarini sintez qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
cintez qilingan aromatik atsetilen spirtlari asosida olingan ingibitorlar “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MChJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2020 yil 7 oktyabrdagi 28-1-09-05-325-son va “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi”MChJning 2020 yil 29 avgustdagi 470/02-son ma’lumotnomalari). Natijada, neft` sanoati korxonalari metall qurilmalari ekspluatatsion samaradorligini oshirish imkonini bergan;
cintez qilingan ingibitorlar sanoat oqava suvlari tarkibida quyqa hosil qiluvchi tuzlar tarkibidagi metallarni ajratib oluvchi sifatida “Ohangaronsement” AJda amaliyotga joriy qilingan (“Ohangaronsement” AJning 2020 yil 28 avgustdagi ATS-473-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat korxonalari qurilmalarida qatlam hosil bo‘lishini 87% gacha kamaytirish imkonini bergan.