Xvan Oleg Innokentievichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Qorin va qorin orti bo‘shlig‘i a’zolari jarohatlarini sud-tibbiy baholash», 14.00.24–Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /LA № 0000455/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016/B2016.1.Tib130.

Ilmiy maslahatchi: Iskandarov Alisher Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 14.07.2016.Tib.17.03.

Rasmiy opponentlar:Duarte Nuno Vieyra (Portugaliya), tibbiyot fanlari doktori, professor; Giyasov Zaynitdin Asamutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rashidov Zafar Raxmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Sud fanlari va toksikologiya milliy instituti (Ispaniya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: to‘mtoq jismlar bilan jarohatlarda qorin va qorin orti bo‘shlig‘i a’zolari shikastlanishining klinik-instrumental va morfologik xususiyatlarini ochib berishdan  iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor shikast ta’siri turi, shikast olish vaziyati va uning yuzaga kelish mexanizmini yuqori ehtimollik bilan aniqlash imkonini beruvchi jigar, taloq va buyrak jarohatlarining sud-tibbiy mezonlari ishlab chiqilgan;       

tirik shaxslarda parenximatoz a’zolarning kapsula osti qon quyilishining hajmi va joylashuviga ko‘ra ekspert baholash mezonlari ishlab chiqilgan;

qorin va qorin orti bo‘shlig‘i a’zolarining to‘mtoq jismlar bilan shikastlanganda tan jarohati og‘irlik darajasining (engil, o‘rta og‘ir, og‘ir) ekspert baholash mezonlari asoslangan;

sud-tibbiy ekspertizada to‘mtoq jismlar bilan jigar, taloq va buyrak shikastlanganligini aniqlashning ekspert baholashda patologik va travmatik belgilar qiyosiy tashxislashning mexanizmi takomillashtirilgan;

jigar, taloq va buyrak to‘mtoq jismlar bilan jarohatlanganini aniqlashning sud-tibbiy ekspertizasining morfologik, vizual, klinik va instrumental tekshiruvlar natijalari ishonchliligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi:

Qorin va qorin orti bo‘shlig‘i a’zolari jarohatlarini sud-tibbiy baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

qorin va qorin orti bo‘shlig‘i a’zolari jarohatlarini  baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «To‘mtoq jismlar bilan shikastlanishlarda qorin va qorin orti sohasi a’zolarining jarohatlarida tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 19 fevraldagi 8n-r/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma sud-tibbiy ekspertizasi sharoitida to‘mtoq jismlar bilan shikastlanishlarda qorin va qorin orti bo‘shlig‘i a’zolarining jarohatlarida tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlashning uslubiy asosini takomillashtirishga xizmat qiladi;

inson va bemorlarda to‘mtoq jismlar bilan shikastlanishlarni aniqlash va uni ob’ektiv sud-tibbiy ekspertizasini o‘tkazish uchun  kiritilgan taklif va tavsiyalar sog‘liqni saqlash, jumladan Respublika va viloyatlar sud-tibbiy ekspertizalari amaliyotiga  joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 19 fevraldagi 8n-r/1-son ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy natijalarning  amaliyotga joriy qilinishi shunday sharoitda shikastlanishlarning organ va tizimlariga etkazgan jarohatlanish darajasini aniqlash usulining samaradorligi sud-tibbiy ekspertizasi uchun sarflanadigan vaqtni 1,6 marta qisqartirish, klinik tashxislash sifatini va jarohatlarning prognozlash darajasini oshirishga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish