Kochkarova Sevara Axmedjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orol dengizining qurigan tubida o‘simlik qatlami suksessiya jarayonlarini modellashtirish», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.RhD/V373. 
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.02/30.12.2019.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Shomurodov Xabibullo Fayzullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Matjanova Xolida Kazakbaevna, biologiya fanlari  nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orol dengizi qurigan tubidagi o‘simliklar qoplami suksessiya jarayonlarining ko‘p yillik dinamikasini matematik modellashtirish yo‘li bilan baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor matematik modellashtirish usullari asosida Orol dengizi qurigan tubining turli hududlaridagi o‘simliklar qoplami ko‘p yillik dinamikasi va xususiyatlari aniqlangan; 
Orol dengizi sohillaridagi tuproqlarining sho‘rlanish dinamikasiga bog‘liq o‘simliklar qoplamidagi suksession jarayonlarining shakllanish dinamikasi qonuniyatlari aniqlangan; 
ilk bor fitotsenoz evolyusiyasining asosiy omillari Orol dengizi qurigan tubida changli buronlar natijasida tuproqlarning sho‘rlanishi, tuzlarning shamol bilan ko‘tarilishi holatlari aniqlanib, ushbu omillarning mikdoriy baholash usullari ishlab chikilgan; 
Orol dengizi qurigan tubining umumiy proeksion qoplamasining pasayish qonuniyatlarining nochiziqli ekanligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Orol dengizining qurigan tubida o‘simliklar qoplamining suksession jarayonlarini modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Orol dengizining qurigan tubida fitotsenozlar dinamikasini prognoz qilishda matematik modellashtirish usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligida ekotizimlarda suksessiya jarayonlarini baholashda va o‘simliklar qoplami degradatsiya holatining yuzaga kelishini aniqlashda joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2020 yil 5 avgustdagi 330-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekotizimlarning ekomonitoring qilish kompleks dasturini amalga oshirish hamda Janubiy Orolbo‘yi o‘simlik qoplamiga Orol dengizi qurishining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
o‘simliklar qoplami  dinamikasi va o‘ziga xos ekologik xususiyatlarini hududiy-vaqtinchalik taqsimlanishi va qurigan o‘simliklarning tiklanishini prognozi qilish bo‘yicha olingan natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida Orol dengizi qurigan tubida o‘simliklar qoplamini inventarizatsiya qilish ishlarini amalga oshirishda joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2020 yil 4 avgustdagi 02/18-1465-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yi mintaqasining ekologik xavfsizligi va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida dasturlarni ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish