Kenjaev Mirjalol Erkinjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Angren kaolinini nitrat kislotasi bilan parchalab alyuminiy oksidi olish texnologiyasini yaratish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T862. 
Ilmiy rahbar: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.20.03.
Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori; Djumaniyazova Dilnoza Maksudovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Angren koni yuqori kremniyli kaolin gillarini alyuminiy nitrat, oksid va suyuq azotli o‘g‘itlarga nitrat kislotali qayta ishlashning kompleks, moslashuvchan texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alyuminiy birikmalarining mineral kislotalarda eruvchan shaklini hosil bo‘lishiga va natijada eritmaga alyuminiy ajralish darajasining oshishiga olib keladigan Angren koni kaolini gillarini kuydirish jarayonining kaolinni strukturaviy o‘zgarishiga ta’siri qonuniyatlari aniqlangan;
nitrat kislota eritmalarida alyuminiyni ajratib olish darajasiga texnologik parametrlarning ta’siri tadqiq etilgan, alyuminiy ajralishining maksimal darajaga etishi ta’minlaydigan maqbul sharoitlar aniqlangan;
gazsimon ammiak ishtirokida kaolindan ajratib olingan nitrat kislotali eritmalarni ammonizatsiyalash darajasining ta’siri aniqlangan, alyuminiyning maksimal va temirning esa minimal cho‘kish darajasini ta’minlaydigan sharoitlar o‘rnatilgan, alyuminiy gidroksid olish texnologik rejimining maqbul me’yorlari aniqlangan;
Angren koni kaolini gillarini alyuminiy nitrat, gidroksid va suyuq azotli o‘g‘itlar olish bilan qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Angren koni kaolin gillarini alyuminiy nitrat, oksid, suyuq azotli o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy ma’lumotlar asosida:
Angren koni kaolini gillarini nitrat kislotasi ishtirokida qayta ishlab alyuminiy nitrat va suyuq azotli o‘g‘itlar olish texnologiyasi «O’zkimyosanoat» AJning «2020-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O’zkimyosanoat» AJning 2020 yil 15 dekabrdagi 14-4922-son ma’lumotnomasi). Natijada, alyuminiy tutgan kaolinning nitrat kislotali ekstraktidan alyuminiy nitrat va suyuq azotli o‘g‘itlar olish imkonini bergan; 
Angren koni kaolini gillaridan alyuminiy gidroksidi va oksidini olish texnologiyasi «O’zkimyosanoat» AJning «2020-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O’zkimyosanoat» AJning 2020 yil 15 dekabrdagi 14-4922-son ma’lumotnomasi). Natijada, Angren koni kuydirilgan kaolinlaridan olingan alyuminiy oksidi va gidroksidini xomashyo va tayyor mahsulot sifatida qo‘llash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish