Akramboev Rasuljon Adashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sous-pasta shaklidagi meva yarimfabrikati tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1907.
Ilmiy rahbar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Qurbanov Jamshed Majidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: funksional vazifani bajaruvchi yangi turdagi mevali sous-pasta yarimfabrikatlari resepturasi va tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mevali sous-pasta yarimfabrikatlari, funksional mahsulot tayyorlash-ning ilmiy asoslangan reseptlari ishlab chiqilgan;
mevali sous-pasta yarimfabrikatlarining organoleptik, fizik-kimyoviy, mikrobiologik, strukturaviy-mexanik va reologik xossalari aniqlangan;
qand, quruq sut, tuxum va jo‘xori kukunining meva-rezavor pyurelari asosida olingan yarimfabrikat va tayyor mahsulotlar xossalari majmuasi yaratilgan;
o‘rik va olxo‘riga NaCl eritmasi bilan ishlov berishda polifenol va karotinoidlarning o‘zgarishi, qayta ishlangan mevalarga harorat rejimining ta’siri aniqlangan;
turli oziqaviy qo‘shimchalardan foydalanilganda mahsulotlar tarkibidagi polifinol moddalar va karotinoidlarning o‘zgarishi, diffuzion massa tashishining vaqt davomiyligi va eritma konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan;
ezg‘ilash mashinasi ta’sirida polifenollarga kuchli ta’sir bo‘lishiga qaramasdan, 30 min davomida 10% konsentratsiyali NaCl bilan ishlov berilishi mevalar polifenol komplekslariga etarli barqarorlashtiruvchi samara berishi aniqlangan;
meva va rezavorlar asosida yangi turdagi sous-pasta yarimfabrikatlari tayyorlashning takomillashtirilgan texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Meva sous-pasta yarimfabrikatlari tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Meva sous-pasta yarimfabrikatlari» ishlab chiqarishga texnik shart (Ts 16165217-02:2019) va texnologik yo‘riqnoma «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (TY 16165217-02:2019). Natijada, meva sous-pasta yarimfabrikatlarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
meva sous-pasta yarimfabrikatlari resepturasi va ishlab chiqarish texnologiyasi «Namangan sharbati» AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» XKning 2020 yil 18 martdagi AA/05-2-443-son ma’lumotnomasi). Natijada, oziqaviy qimmati yuqori bo‘lgan meva sous-pasta yarimfabrikatlari ishlab chiqarish va assortimentni kengaytirish imkonini bergan;
meva sous-pasta yarimfabrikatlari tayyorlash texnologiyasi Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Muhammadali Hamkor Biznes» OAJ va Namangan shahridagi «Turkiston» MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqat-xolding» XKning 2020 yil 18 martdagi AA/05-2-443-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy texnologiyaga nisbatan ishlab chiqarish samaradorligini 14%, turdosh tashkilotlar va iste’mol bozoriga etkazib berishni 22%ga oshirish imkonini bergan.