Kaypov Qidirbay Paxratdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilqum o‘simliklarining Nukus shahri atrofi xilma-xilligi va uning hozirgi ekologik xolati monitoringi», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V342.
Ilmiy rahbar: Sherimbetov Sanjar Gulmirzoevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.V.01.15.
Rasmiy opponentlar: Safarov Karimdjan, biologiya fanlari doktori, professor; Mavlanov Xudargan, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qizilqumning Nukus shahri atrofi o‘simliklar xilma-xilligi va ularning ekologik xususiyatlarini aniqlash hamda turlarning resurs imkoniyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qizilqumning Nukus shahri atrofida tarqalgan 35 oila va 129 turkumga mansub 249 yuksak o‘simlik turi aniqlangan hamda uning yangi ro‘yxati shakllantirilgan;
hudud o‘simlik turlarining Eron-Turon florasi negizida paydo bo‘lganligi va Turon provinsiyasida asosiy o‘rinni egallashi isbotlangan;
Qizilqumning Nukus shahri atrofida keng tarqalgan 71 ta o‘simlik turlarining tuproqning mexanik tarkibi, tuzlar miqdori, namlik darajasi va suvga nisbatan talabchanligiga bog‘liq ekologik guruhlari asoslangan va indikatsion xususiyatlari ochib berilgan;
turlarning arid hududi stress omillarga nisbatan moslashishidagi xususiyatlari aniqlangan hamda istiqbolli turlarning fitomelioratsiya, farmatsevtika va chorvachilikdagi ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilqumning Nukus shahri atrofi o‘simliklarining xilma-xilligi va uning ekologik monitoringi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fitomeliorant sifatida ajratilgan 19 ta va geologik qidiruv tadbirlarini amalga oshirish hamda farmatsevtika resurs bazasini mustahkamlash uchun tavsiya etilgan 9 ta istiqbolli turlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani o‘rmon xo‘jaligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2020 yil 2 noyabrdagi 467-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi manzillari atroflarida ko‘char qumlarni mustahkamlash uchun 8,5 gektar o‘rmonzorlar va 22 ta ihota punktlari tashkil etish imkonini bergan;
kamyob bo‘lgan Tulipa buhseana va T.sogdiana larning tarqalish hududlari va populyasilarini saqlab qolish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Qorao‘zak tumani bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 4 noyabrdagi 02/18-1-2036-son ma’lumotnomasi). Natijada, turlarning antropogen bosim hududlarida tarqalgan lokalitetlarini aniqlash va inqirozga moyil populyasiyalaring saqlab qolish imkonini bergan.